Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Figma: Jamoaviy hamkorlik orqali erishilgan muvaffaqiyat yo‘li

by Gulnoza Sobirova
Fevral 12, 2025
in Tadbirkorlar
Reading Time: 4 mins read
A A
Figma: Jamoaviy hamkorlik orqali erishilgan muvaffaqiyat yo‘li
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Agar siz 2010-yillardagi dizayn sohasi faoliyatidan xabardor bo’lsangiz Adobe Creative Suite’ning grafik dizaynerlardan tortib video muharrirlargacha, illyustratorlardan veb-dizaynerlargacha bo‘lgan barcha mutaxassislar uchun amalda yagona tizim bo‘lganini yaxshi bilasiz. Adobe’ning kuchli funksiyalari dizayn jarayonini qo‘llab-quvvatlasa-da, uning qimmat narxi va murakkab yoki ba’zi keraksiz funksiyalari ko‘plab foydalanuvchilar uchun qiyinchiliklar keltirib chiqarardi.

Aynan shu nuqtada Figma bozorga jamoaviy hamkorlik va zamonaviy veb-texnologiyalarga asoslangan yechim bilan kirib keldi. U innovatsion yondashuvi orqali ijodiy jamoalar uchun asosiy dizayn platformasiga aylandi va qisqa vaqt ichida Adobe’ning eng jiddiy raqobatchisiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.

Oradan o‘n yil o‘tib, Figma Adobe tomonidan 20 milliard dollarga sotib olindi. Bu ulkan xarid Figma’ning jamoaga asoslangan rivojlanish strategiyasi naqadar samarali bo‘lganini yaqqol namoyon qiladi. Keling, Figma qanday qilib o‘z hamjamiyatini shakllantirgani va shu orqali qanday yutuqlarga erishganini batafsil ko’rib chiqamiz.

Figma 2016-yilda rasmiy taqdimotidan so‘ng omma e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Ammo bu tezkor muvaffaqiyatning poydevori ancha oldin, 2012-yilda Dylan Field va Evan Wallace tomonidan asos solinganida qo‘yilgan edi. Avval Microsoft’da faoliyat yuritgan bu ikki ishbilarmon o‘sha davrdagi dizayn dasturlarida mavjud bo’lmagan onlayn hamkorlik imkoniyatini yaratishni maqsad qilgan edi.

Field va Wallace hamkorlik Figma’ning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim omil ekanini avvalboshidan bilishardi. Shu sabab, ular 2014-yilda bir nechta foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida loyihalar ustida ishlash imkonini beruvchi web-ilovaning beta-versiyani taqdim etishdi.

Keyingi ikki yil davomida Figma o‘z hamjamiyatini asta-sekin word-of-mouth marketing va strategik hamkorliklar orqali kengaytirdi. 2015 yilda Figma Google Ventures va Greylock Partners kabi yirik venchur kapital firmalari bilan hamkorlik o‘rnatdi. Ushbu firmalar Figma’ning jamoaviy ishlashga asoslangan yondashuvi kelajakda katta imkoniyatlar yaratishi mumkinligini tan olib, unga sarmoya kiritishga qaror qilishdi.

Figma dastlabki kunlardan hamjamiyat markazli marketing strategiyasini tanladi va yillar davomida unga sodiq qoldi. Ularning marketing bo‘yicha bosh direktori Claire Butler va uning jamoasi figmaning beta-versiyasini dizayn jamoalariga namoyish qilib, qimmatli fikrlarni yig‘ishga katta e’tibor qaratdi. Ular figma rasman taqdim etilishidan oldin keng tarmoq yaratib, hayajon va qiziqish uyg‘otishga muvaffaq bo‘ldi.

“Butun jarayon davomida mahsulotni foydalanuvchilarga namoyish etish va fikr yig‘ish — aslida hamjamiyat qurishning bir qismi edi. Biz dastlabki foydalanuvchilarni aniqlab, keyinchalik ularni bir-biriga bog‘ladik,” deydi Claire Butler.

Bu yondashuv Figma jamoasi tomonidan to‘liq qo’llab quvvatlandi. Ular mukammallikdan ko‘ra qiziqish uyg‘otishga e’tibor qaratib, o‘z hamjamiyatilarga sarmoya kiritdilar. To‘rt yillik sinchkov tayyorgarlikdan so‘ng, Figma 2016 yilda rasmiy ishga tushirildi va bu muvaffaqiyatli debyut bo‘ldi.

Ishga tushirilgandan so‘ng, Figma o‘z foydalanuvchilarini jalb etish uchun kontent marketingi va hamjamiyat boshqaruvi tashabbuskorlik takliflarini izchil davom ettirdi. Ular Twitter’dagi dizayn hamjamiyatini faol jalb qilishdi, korporativ dizaynerlar bilan yaqin aloqalar o‘rnatishdi va tashkilotlar bilan hamkorlikda mahsulotni keng miqyosda targ‘ib qilishdi.

‘Dizayn targ‘ibotchilari’ning roli

Figma muvaffaqiyatida muhim rol o‘ynagan strategiyalardan biri bu ‘dizayn targ‘ibotchilarini’ jalb qilish bo‘ldi. Bu ta’sirli shaxslar o‘z tajribalarini boshqalar bilan faol ravishda bo‘lishishdi, bu esa keng auditoriyada mahsulotga bo‘lgan ishonchni mustahkamladi.

Bu yondashuv “snowball” effektini keltirib chiqardi: mashhur dizaynerlarning ijobiy fikrlari yangi foydalanuvchilarni jalb qildi, natijada mahsulotning bepul sinovidan foydalangan ko‘plab foydalanuvchilar pullik obunachilarga aylanishdi.

Figma yana bir samarali yondashuv sifatida dizayn tanlovlarini tashkil etdi. Ularning birinchi dizayn tarafdori Brent edi, u tasodifiy kechada jamoa bilan tanishib, o‘ziga xos strategiya taklif qildi.

“Har juma kuni Brent o‘z dizayner do‘stlarini ‘Pixel Pong’ deb atalgan jonli tanlovga jalb qilardi,” deydi Claire Butler. “Bu o‘yin Twitter’da ovoz berish orqali g‘olibni aniqlashni o‘z ichiga olgan quvnoq va interaktiv tadbir edi.”

Konferensiyalar, uchrashuvlar va onlayn maydonlar

Yillar o‘tib, Figma o‘zining hamjamiyatga asoslangan strategiyalari orqali muvaffaqiyatni saqlab qolishda davom etmoqda. Quyidagi tashabbuslar bunga yorqin misoldir:

  • Config Global Dizayn Konferensiyasi: Figma har yili ushbu konferensiyani tashkil etib, dizaynerlar, ishlab chiquvchilar va mahsulot jamoalarini bir joyga to‘playdi. Tadbir asosan so‘nggi sanoat yangiliklari va tendensiyalari atrofida bo‘lib o‘tadi, biroq uning natijasida Figma platformasiga nisbatan chuqurroq qiziquvchilar va yangi foydalanuvchilar sonini oshishiga olib keladi.
  • Meetinglar va Friends of Figma: Har kuni dunyoning turli burchaklarida Figma tomonidan Meeting guruhlari tashkil etiladi. Ushbu tadbirlar Figma’ning “Friends of Figma” deb nomlangan hamjamiyat platformasi orqali rejalashtiriladi va e’lon qilinadi. Tadbirlarni ko‘ngillilar tashkil qiladi, bu esa ularni keng ko‘lamda amalga oshirish va takrorlashni osonlashtiradi. Ko‘ngillilar — mahsulotga chin dildan qiziqqan foydalanuvchilar bo‘lib, hech qanday moliyaviy rag‘batlarsiz, faqat o‘z ishtiyoqi sabab tadbirlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishadi.
  • Figma Hamjamiyatining Onlayn Maydoni: Figma butun dunyo bo‘ylab dizaynerlar uchun resurslar va yordam markazi bo‘lib xizmat qiladigan onlayn platforma yaratdi. Dizaynerlar o‘z ishlariga havola qiluvchi “portal”larni joylashtirishi mumkin, bu esa boshqa foydalanuvchilarga ilhom olish imkonini beradi. Ushbu tashabbus nafaqat hamjamiyat a’zolarining mahorati va iste’dodini namoyon etadi, balki Figma’ning “hamjamiyat birinchi o‘rinda” degan tamoyiliga sodiqligini yanada mustahkamlaydi.

Bu kabi strategiyalar Figma’ning kengroq auditoriya bilan bog‘lanishiga yordam berib, uning global dizayn hamjamiyatida yetakchi pozitsiyasini saqlab qolishiga hissa qo‘shmoqda.

Tayyorladi: Zuhraxon Mansurova

Previous Post

Kremniy vodiysi tajribalari: Oʻzbek startaplari nimalarni oʻrganishi mumkin?

Next Post

TAQADAM’da 100 ming dollar yutgan qozoq startaperi Aidana bilan suhbat

Gulnoza Sobirova

Related Posts

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

Avgust 18, 2025
Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Iyun 25, 2025
Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri

Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri

Iyun 4, 2025
Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

May 29, 2025
Next Post
TAQADAM’da 100 ming dollar yutgan qozoq startaperi Aidana bilan suhbat

TAQADAM’da 100 ming dollar yutgan qozoq startaperi Aidana bilan suhbat

Ilon Maskning X platformasi Trampning senzura bo‘yicha da’vosini hal qilish uchun $10 million to‘laydi

Ilon Maskning X platformasi Trampning senzura bo‘yicha da’vosini hal qilish uchun $10 million to‘laydi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025

O‘zbekiston Startap Ekotizimining rivojlanish bosqichlari (2020–2024)

Dekabr 28, 2024
Google Gemini: Qanday ishlaydi va nimalarga qodir?

Google Gemini: Qanday ishlaydi va nimalarga qodir?

Fevral 27, 2025

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Yangi davr ostonasidagi Markaziy Osiyo

Yangi davr ostonasidagi Markaziy Osiyo

Noyabr 13, 2025
Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi: yangi bosqichdagi strategik hamkorlik

Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi: yangi bosqichdagi strategik hamkorlik

Noyabr 13, 2025
Veon Qozog‘istonda raqamli ekotizimni kengaytiradi: taksi va yetkazib berish xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqda

Veon Qozog‘istonda raqamli ekotizimni kengaytiradi: taksi va yetkazib berish xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqda

Noyabr 11, 2025
O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam

O‘zbekiston va Palo Alto Networks: Kiberxavfsizlikda strategik hamkorlik sari yangi qadam

Noyabr 8, 2025

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Yangi davr ostonasidagi Markaziy Osiyo
  • Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi: yangi bosqichdagi strategik hamkorlik
  • Veon Qozog‘istonda raqamli ekotizimni kengaytiradi: taksi va yetkazib berish xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?