Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

AI poygasi sabab ishchi xotira tanqisligi kuchaymoqda

by Pivot
Iyun 28, 2026
in Yangiliklar
Reading Time: 2 mins read
A A
AI poygasi sabab ishchi xotira tanqisligi kuchaymoqda
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Sun’iy intellekt infratuzilmasiga bo’lgan talab endi faqat GPU yoki AI chiplar bilan cheklanmayapti. AI rivojlanishining navbatdagi «bo’g’in»i — DRAM, ya’ni qurilmalarning asosiy ishchi xotirasi bo’lib qoldi. 2025-yil oktabr oyidan boshlab dunyo bo’ylab DRAM taqchilligi kuzatila boshladi va vaziyat hanuz davom etmoqda. Bozor ma’lumotlariga ko’ra, yil boshidan beri ayrim turdagi DRAM chiplarining narxi qariyb 4 baravar oshgan.

Bugungi AI tizimlari ulkan hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Buning uchun esa nafaqat kuchli GPU, balki juda katta hajmdagi tezkor xotira ham kerak bo’ladi. Eng yirik texnologik kompaniyalar milliardlab dollar evaziga AI data-markazlarini qurmoqda va ishlab chiqarilayotgan DRAM chiplarining katta qismi aynan shu markazlarga yo’naltirilmoqda.

Natijada smartfon, noutbuk va boshqa iste’mol elektronikasi ishlab chiqaruvchilari uchun xotira yetkazib berish qiyinlashmoqda. Oddiy qilib aytganda, bugungi kunda eng kuchli AI chip ham yetarli xotirasiz ishlay olmaydi. Shu sabab DRAM AI infratuzilmasining eng muhim resurslaridan biriga aylandi.

Xotira narxining oshishi asta-sekin tayyor qurilmalar narxida ham aks etmoqda. Bunga yaqqol misollardan biri — Apple. Yaqinda kompaniyaning asosiy xotira yetkazib beruvchilaridan biri bo’lgan Micron DRAM narxlarini oshirdi. Oradan ko’p o’tmay Apple ayrim Mac va iPad modellari narxini ham ko’tardi. Ayrim konfiguratsiyalarda narx oshishi 200–500 dollargacha yetdi. Rasmiy sabab sifatida komponentlar narxining oshgani ko’rsatildi.

Bu voqeadan so’ng texnologiya hamjamiyatida qiziqarli hazil post ommalashdi. Unda go’yoki Micron CEO shunday degandek yoziladi: «10 yildan ortiq Apple bizning chiplarni $5 ga olib, metall qutiga yopishtirib, iste’molchiga $99 lik ‘upgrade’ qilib sotardi. Biz $7 soʻraganimizda esa ustimizdan kuldi. Endi biz $50 soʻradik, ular esa o’z mijozlariga narxni $250 ga oshirib qoʻyishdi.»

Albatta, bu rasmiy bayonot emas, balki internetda tarqalgan satirik post. Ammo u Apple’ning xotira konfiguratsiyalari uchun qo’llaydigan yuqori narx siyosati haqida uzoq yillardan beri davom etayotgan bahslarni yana bir bor isboti.

Bir necha yil oldin AI sanoatidagi asosiy resurs GPU hisoblanardi. Bugun esa unga yana bir strategik komponent qo’shildi — DRAM. Bu shuni anglatadiki, AI infratuzilmasiga bo’lgan talab endi butun elektronika ta’minot zanjiriga ta’sir ko’rsatmoqda. Xotira ishlab chiqaruvchilari esa bu poyganing eng muhim ishtirokchilaridan biriga aylanmoqda. Yaqin oylar ichida DRAM taqchilligi davom etsa, nafaqat AI serverlari, balki noutbuk, smartfon va planshetlar narxida ham buning ta’siri yanada kuchliroq sezilishi mumkin.

Previous Post

Xprize asoschisi: “Odamlar kuzatib turilganda o‘zlarini yaxshiroq tutishadi”

Next Post

AI qanday qaror qabul qiladi? Olimlar nihoyat uning ichki mexanizmlarini ochishni boshladi

Pivot

Related Posts

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Sentabr 10, 2026
O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

Sentabr 10, 2026
Qozog‘istonda ta’lim va ishga joylashishni bog‘laydigan yagona raqamli ekotizim yaratiladi

Qozog‘istonda ta’lim va ishga joylashishni bog‘laydigan yagona raqamli ekotizim yaratiladi

Sentabr 8, 2026
Talabalar uchun innovatsion g‘oyalar tanlovi: g‘oliblarga 500 mln so‘mgacha grant

Talabalar uchun innovatsion g‘oyalar tanlovi: g‘oliblarga 500 mln so‘mgacha grant

Sentabr 8, 2026
Next Post
AI qanday qaror qabul qiladi? Olimlar nihoyat uning ichki mexanizmlarini ochishni boshladi

AI qanday qaror qabul qiladi? Olimlar nihoyat uning ichki mexanizmlarini ochishni boshladi

Islomiy bank faoliyatiga rasman ruxsat berildi

Islomiy bank faoliyatiga rasman ruxsat berildi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?

Sentabr 11, 2026
Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi

Sentabr 10, 2026
O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi

Sentabr 10, 2026
ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

ICT WEEK 2026 doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tadi

Sentabr 9, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Chanel brendi tarixi: moda, atir va innovatsiyaga boy safar

Fevral 17, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • AI sizning o‘rningizga fikrlay boshlasa nima bo‘ladi?
  • Elektrtexnika sanoatiga 2030-yilgacha $3 mlrd investitsiya jalb qilinadi
  • O‘zbek alifbosidagi yangi harflarga o‘tishda eski yozuvdagi hujjat va peshlavhalarga ruxsat beriladi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?