Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Alisher Usmonov: Forbes ro‘yxatida ilk bor O‘zbekiston vakili!

by Gulnoza Sobirova
Aprel 1, 2025
in Tadbirkorlar
Reading Time: 4 mins read
A A
Alisher Usmonov: Forbes ro‘yxatida ilk bor O‘zbekiston vakili!
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Forbes har yili dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatini e’lon qiladi. Bu yilgi yangilik esa biz uchun tarixiy voqea deyish mumkin. Alisher Usmonov ilk bor ro‘yxatga O‘zbekiston nomidan kiritildi!

Avvallari u doim Rossiya fuqarosi sifatida ko‘rsatilar edi. Biroq hozirda Usmonov Toshkentda yashayotgani uchun, Forbes uni O‘zbekiston vakili sifatida tan oldi.

Uning boyligi hozirda $16,7 milliard deb baholanmoqda va bu o‘tgan yildagidan $3,3 milliard ko‘p. Shuningdek, u dunyo reytingida 144-o‘rindan 125-o‘ringa ko‘tarilgan.

Forbes nima asosida qaror qiladi?

Fuqarolik emas, doimiy yashash joyi muhim. Masalan, Pavel Durov Dubayda yashagani uchun BAA vakili sifatida ro‘yxatga kiritilgan. Pivot.uz shu o‘rinda Usmonov va u bosib o‘tgan yo‘l haqida to‘xtalib o‘tadi.

Talabalikdan ilk milliardgacha 

Alisher Burxonovich Usmonov 1953-yil 9-sentabr kuni O‘zbekistonning Chust shahrida tug‘ilgan. U oiladagi to‘rt farzandning eng kattasi bo‘lib, otasi Burxon Usmonov Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlagan.

Millati o‘zbek bo‘lgan Alisher Usmonov Rossiya va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega. 2012-yilda u Rossiyaning eng boy odami sifatida e’tirof etildi, Forbes jurnali uning boyligini 18,1 milliard dollar deb baholagan. 2013-yilda u Bloomberg Markets Magazine’ning eng nufuzli 50 shaxs ro‘yxatiga kiritilgan. 2016-yilda esa Forbes’ning Rossiyadagi eng boy insonlar reytingida 3-o‘rinni egallagan.

Usmonov uchun muvaffaqiyat siri – har qanday ishga yondashishda chegaralarni tan olmaslikdir. Bugungi kunda u ko‘plab yirik aktivlarga egalik qiladi. Ular qatoriga Rossiyadagi eng katta temir rudasi ishlab chiqaruvchi Metalloinvest, mamlakatdagi yirik mobil aloqa operatori Megafon, Angliyaning Arsenal futbol klubi va Mail.ru, Facebook, VKontakte, Odnoklassniki kabi internet-kompaniyalarning ulushlari kiradi.

“Uch mushketyor” ilhomi va talablik yillari

Bolaligida “Uch mushketyor” asaridan ilhomlangan Usmonov qilichbozlikka qiziqib qoladi va ikki yil ichida mamlakat terma jamoasi tarkibiga kiradi. Tez orada sport ustasi unvoniga ega bo‘ladi. Aynan sport orqali u kelajakdagi rafiqasi – badiiy gimnastika bilan shug‘ullanayotgan Irina Vinerni uchratadi. 1971-yilda u Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutiga (MGIMO) o‘qishga kiradi.

Biroq 1980-yilda uning hayotida qora kunlar boshlanadi – yuqori lavozimdagi amaldorlarning o‘g‘illari bilan birga mashhur “Paxta ishi” doirasida 8 yilga qamaladi. 1986-yilda yaxshi xulqi tufayli muddatidan ilgari ozod qilinadi. Keyinchalik Usmonov xorijlik boylarga O‘zbekiston tog‘larida ov safarlarini tashkil qiladigan sayyohlik kompaniyasini ochadi. Keyin do‘stlari yordamida Rossiyaga ko‘chib o‘tadi. Uning ilk biznesi polietilen paket ishlab chiqarish va tamaki savdosi bo‘lgan.

1997-yilda u Rossiya Moliya akademiyasini “Bank ishi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlaydi. O‘sha yillarda u “Birinchi mustaqil bank” direktorlar kengashi a’zosi bo‘lib, “Rosneft”, “MiG”, “Almazyuvelireksport” kabi yirik kompaniyalar bilan ishlaydi. Ana shu davrda u ilk milliard dollarini topadi.

Yirik gaz va metall aktivlar

1997-yildan boshlab Usmonov “Gazprominvestxolding”ni boshqaradi va “Gazprom”ning xususiy qo‘llarga o‘tib ketgan aktivlarini qaytarish ishiga kirishadi. U bu vazifani muvaffaqiyat bilan bajargan va “Gazprom” yana yirik davlat kompaniyasiga aylangan.

2004-yilda u “Metalloinvest” xoldingiga egalik qilib, dunyodagi eng badavlat insonlar qatoriga kiradi. 2007-yildan boshlab esa media sohasiga kirib keladi va Kommersant nashriyot uyini sotib oladi. 2008-yildan u internet kompaniyalarga sarmoya kiritadi va DST Global hamda Mail.ru Group aksiyalarining asosiy egasiga aylanadi. Keyinchalik Usmonov bu aktivlar ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritadi.

Xayriya, madaniyat va sportga hissa

Usmonov biznesdan tashqari jamiyat va sport rivojiga ham katta e’tibor qaratadi. 2007-yilda u 72 mln dollarga Rostropovichga tegishli rasmlar kolleksiyasini uning bevasi Galina Vishnevskayadan sotib olib, Peterburgdagi Konstantin saroyiga hadya qiladi. Shuningdek, sovet multfilmlar jamlanmasini ham xarid qilib, “Bibigon” kanaliga taqdim etadi.

2014-yilda Nyu-Yorkdagi Christie’s auksionida olim Jeyms Uotsonning Nobel medalini 4,1 mln dollarga sotib olib, uni yana Uotsonning o‘ziga qaytaradi. Olim bu saxiylikni chuqur qadrlaganini bildiradi.

2008-yilda Usmonov “San’at, fan va sport” jamg‘armasiga asos soladi va o‘sha yilning o‘zida 126 mln dollar xayriya qiladi. 2013-yilga kelib, Rossiyadagi eng faol xayriyachi metsenatlar ro‘yxatida yetakchi o‘ringa chiqadi.

Sport sohasiga kelsak, u 2008-yildan beri Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti hisoblanadi. 2015-yilda esa Rossiyada yangi rivojlanayotgan kibersport — Virtus.pro loyihasiga 100 mln dollarlik sarmoya kiritgan.

Shaxsiy hayot va qiziqishlar

2016-yilga kelib Usmonovning boyligi 12,5 milliard dollarga yetgan. U onasining nomi bilan atalgan ikkita “Dilbar” yaxtasi hamda Airbus A320 samolyotiga egalik qiladi. Usmonov futbol sportiga qattiq mehr qo‘ygan va bu soha uchun milliardlab mablag‘ sarflagan.

Usmonov o‘z muvaffaqiyatining asosiy omili sifatida to‘g‘ri strategiya, nizo va bahslardan yiroq yurishni ko‘rsatadi. Shu sababli u ko‘p hollarda bahsli vaziyatlarda ham g‘olib bo‘lib chiqadi.

Previous Post

To‘liq shaxsiy mablag‘ hisobidan moliyalashtirilgan va 3 marta qayta ishlangan startap: Alipos

Next Post

OpenAI GPT-4o modeli O’Reilly Media kitoblaridan ruxsatsiz foydalanganmi?

Gulnoza Sobirova

Related Posts

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

Avgust 18, 2025
Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Iyun 25, 2025
Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri

Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri

Iyun 4, 2025
Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

May 29, 2025
Next Post
OpenAI GPT-4o modeli O’Reilly Media kitoblaridan ruxsatsiz foydalanganmi?

OpenAI GPT-4o modeli O’Reilly Media kitoblaridan ruxsatsiz foydalanganmi?

Temporal 146 million dollar investitsiya oldi

Temporal 146 million dollar investitsiya oldi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

ChatGPT rasman reklamalarni joriy qilishini tasdiqladi

ChatGPT rasman reklamalarni joriy qilishini tasdiqladi

Yanvar 20, 2026
Imkon Ventures ta’lim va fintech startaplarga sarmoya kiritdi

Imkon Ventures ta’lim va fintech startaplarga sarmoya kiritdi

Yanvar 22, 2026
Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi

Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi

Yanvar 16, 2026
Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi

Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi

Yanvar 14, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • ChatGPT rasman reklamalarni joriy qilishini tasdiqladi
  • Imkon Ventures ta’lim va fintech startaplarga sarmoya kiritdi
  • Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?