Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Biznes va Sun’iy Intellektni uyg‘unlashtirgan tadbirkor – Baxriddin Inamov kim?

by Gulnoza Sobirova
Yanvar 11, 2025
in Tadbirkorlar
Reading Time: 4 mins read
A A
Biznes va sun’iy intellektni birlashtirgan Markaziy Osiyoning taniqli tadbirkori – Baxriddin Inamov kim?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Bugungi kunda biznes egalari sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali ko‘plab sohalarda inqilob qilmoqda. Aynan shunday insonlardan biri – Baxriddin Inamov. Magicstore.ai va Humocommerce.com loyihalari asoschisi. Pivot.uz nashri tadbirkor bilan suxbatlashib, uning muvaffaqiyat yo‘li bilan qiziqdi.

Qirg‘izistonlik yigitining ilk qadamlari

Baxriddin Inamovning texnologiya sohasidagi safarini dunyodagi taniqli inkubatorlar yoki MBA dasturlarida boshlamagan. Barchasi juda oddiy, “0” dan boshlangan. Uning asosiy vaqti ijaraga olingan kichik xonadagi eski noutbuk qarshisida kun-u tun kod yozib, elektron bozorlar haqida o‘rganish bilan o‘tardi. Texnologiyaga qiziqish va kichik bizneslarga yordam berish istagi esa Humocommerce.com va Magicstore.ai kabi loyihalarni yaratishga undadi.

Magicstore.ai: kichik bizneslar uchun innovatsion yechim

2023-yilda ishga tushirilgan Magicstore.ai – bu kichik va o‘rta bizneslar uchun sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan innovatsion saas platforma bo‘lib, biznesingizni osonlik bilan onlayn o‘tkazishga yordam beradi. Magicstore.ai kichik bizneslarga elektron tijorat bilan shug‘ullanish va murakkab jarayonlarni soddalashtirishni maqsad qiladi.

Platformaning asosiy funksiyalari:

  • Onlayn do‘kon yaratish va boshqarish: Foydalanuvchilar bir necha daqiqada o‘z do‘konlarini ishga tushirishi va mahsulotlarni boshqarishi mumkin.
  • Telegram va Web sayt: Platforma foydalanuvchilarga Telegram bot va web sayt orqali mijozlar bilan muloqot qilish, buyurtmalarni qabul qilish va jarayonlarni avtomatlashtirish imkoniyatini taqdim etadi.
  • Sun’iy intellekt yordamchi: Chatbot, sotuvlar tahlili, mahsulot tavsiyalari va mijozlarning xatti-harakatlarini kuzatish orqali biznesni rivojlantirish.
  • Mijozlar bilan avtomatlashtirilgan muloqot: Magicstore.ai mijozlar bilan real vaqt rejimida muloqot qilish imkoniyatini yaratadi, bu esa biznes jarayonlarini tezkorlashtiradi.
  • Inventarizatsiya boshqaruvi: Mahsulot zaxiralarini kuzatish va boshqarishni osonlashtiradi

Magicstore.ai’ning qulay interfeysi va avtomatlashtirilgan vositalari texnologiya bilan chuqur tanish bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun ham do‘konlarni boshqarishni oddiy va tushunarli qiladi.

Qisqa muddatdagi katta muvaffaqiyat

Magicstore.ai ishga tushgan dastlabki oylaridayoq katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Platformadan hozirda 70 dan ortiq biznes egalari foydalanib kelmoqda. O‘sish sur’ati oyma-oy 20-30% ni tashkil etib, platforma kichik bizneslar orasida katta talabga ega bo‘ldi. Magicstore.ai o‘zining moslashuvchanligi va zamonaviy texnologiyalari bilan kichik bizneslar uchun samarali vosita sifatida ajralib turadi. Bu platforma foydalanuvchilar uchun nafaqat do‘kon boshqaruvini, balki mijozlar bilan samarali muloqotni ham osonlashtiradi. Magicstore.ai – biznesingizni rivojlantirish uchun innovatsion yechim.

Humocommerce.com: Shopify bozoridagi muvaffaqiyat

Magicstore.ai kichik bizneslarga yordam bersa, Humocommerce.com Shopify platformasida ishlayotgan yoki ish boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan. Loyiha mijozlarga quyidagilarni taqdim etadi:

  • Individual dizayn
  • To‘lov tizmlari bilan integratsiya
  • CRM tizimlar bialn integratsiya
  • Doimiy tehnik yordam
  • Ma’lumotlar migratsiyasi va boshqa xizmatlar

Humocommerce.com Shopify’ning murakkabliklarini osonlashtirish bilan birga, sifatli xizmatni arzon narxlarda taklif qilishi bilan ajralib turadi. Bu esa kompaniyaga tezkorlik bilan mijozlar bazasini kengaytirishga imkon berdi.

“Qil va o‘rganganingni oshir” falsafasi

Baxriddin muvaffaqiyatining sirini so‘zlar ekan, samimiy tarzda shunday deydi: “Hamma narsani bilmasdim, lekin bir narsani aniq tushungandim – qat’iyat va davomiy harakatlar muvaffiyat kaliti ekan.”

Dastlabki bosqichlarda u har bir vazifani sinchkovlik bilan o‘rganib, jarayonlarning nozik tomonlarini anglashga intildi. Baxriddin texnologiya va biznesni birlashtirishda foydalanuvchilarning ehtiyojlarini chuqur tahlil qilishni asosiy vazifa sifatida ko‘rdi. Bu yondashuv unga nafaqat samarali yechimlar yaratishga, balki platformalarning foydalanuvchilar uchun qulay va intuitiv bo‘lishini ta’minlashga imkon berdi.

U muvaffaqiyatga erishishda mas’uliyat va insoniy qadriyatlarni bosh tamoyil sifatida tanladi. Har bir loyiha ortida mijozlarning ehtiyojlarini chuqur anglash va ularga haqiqiy foyda keltiruvchi yechimlarni taqdim etish istagi yotadi. Bu yondashuv Baxriddinga mijozlarning ishonchini qozonish va ularning biznesini yangi bosqichga olib chiqishda yordam berdi.

Katta orzular sari

Hozirda Baxriddin Inamov texnologiya va biznes sohalarida faoliyat yuritayotgan, o‘z loyihalari bilan Markaziy Osiyoda kichik bizneslarni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shayotgan tadbirkordir. U Magicstore.ai platformasini yanada rivojlantirib, mintaqadan tashqariga chiqishni va global bozorda o‘z o‘rnini topishni rejalashtirmoqda.

Yoshlar uchun tavsiyalar

Baxriddinning yosh tadbirkorlarga maslahatlari:

  • Imkoniyat kichik bo‘lsa ham orzuni katta qiling: “Ijara xonasida ishlayotgan bo‘lsangiz ham, milliard dollarlik muammolarni hal qilishni maqsad qiling.”
  • Mijozlarni tushuning: “Foydalanuvchilaringizni tinglang. Ular sizni mahsulot bozori talablariga moslashga yordam beradi.”
  • Amalda o‘rganing: “Har bir qiyinchilik yangi ko‘nikmani o‘rganish uchun imkoniyatdir.”
  • G‘alabaga ega chiqing: “Mukammal boshlang‘ich sharoit emas, mukammal yakunga erishish muhim.”

Baxriddin Inamovning hikoyasi Markaziy Osiyodagi har bir texnologiya ishqiboziga ilhom bag‘ishlaydi. U o‘zining mehnati, qat’iyati va ijodiy yondashuvi bilan texnologiya sohasida o‘z o‘rnini topib, yangi avlod tadbirkorlariga yo‘l ko‘rsatmoqda. Uning hikoyasi endigina boshlandi va yakuniy marra qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

Gulnoza Mixailovna

Previous Post

Henan Investment Group O‘zbekiston tog‘-kon sanoatiga investitisya kiritadi

Next Post

O‘zbek ayollari texnologiyada qanday yetakchilik qilmoqda?

Gulnoza Sobirova

Related Posts

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

“Iste’doding isrof bo‘lyapti” — $29 mlrd kompaniya asoschisiga aylangan Nik Molnarning yo‘li

Avgust 18, 2025
Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Startap moslashuvchanligi tuzog‘i: ta’sischilar qanday qilib charchashdan qochishlari mumkin

Iyun 25, 2025
Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri

Stanford mojarosi: tarixdagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri

Iyun 4, 2025
Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

Milliarderlar muvaffaqiyatining yashirin siri: imtiyozmi yoki mehnat?

May 29, 2025
Next Post
O‘zbek ayollari texnologiyada qanday yetakchilik qilmoqda?

O‘zbek ayollari texnologiyada qanday yetakchilik qilmoqda?

BMT O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 2025-yilda 5,9 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda

BMT O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 2025-yilda 5,9 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish

Fevral 6, 2026
2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

Fevral 5, 2026
O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

Fevral 4, 2026
Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Fevral 4, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish
  • 2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi
  • O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?