Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

“Greater Fool” nazariyasi: eng oxirida qolish va hamma zararni to‘lamaslik uchun nima qilish kerak?

by Gulnoza Sobirova
May 9, 2025
in Venchur kapitali
Reading Time: 3 mins read
A A
“Greater Fool” nazariyasi: eng oxirida qolish va hamma zararni to‘lamaslik uchun nima qilish kerak?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Greater Fool Theory — bu sarmoya olamidagi oddiy, ammo kuchli g‘oya: siz haddan tashqari qimmat aktivni sotib olib ham foyda qilishingiz mumkin — agar kimdir uni sizdan yanada qimmatga sotib olishga tayyor bo‘lsa. Bu holatda siz — ahmoqsiz, lekin undan ham kattaroq ahmoq hali keladi.

Aktivning asl qiymati yo‘qmi yoki sun’iy ravishda haddan tashqari reklama qilinganmi bu muhim emas. Bozor ko‘tarilib turgani va narxlar oshishiga ishonadigan xaridorlar bor ekan odamlar foyda qilishda davom etishadi. Ammo oxir-oqibat bu zanjir uziladi. “Ahmoqlar” tugaydi va ortiqcha baholangan aktivni oxirgi bo‘lib ushlab qolgan kishi butun zararni o‘z bo‘yniga oladi.

Startaplarga sarmoya kiritishda bu nazariya kutilganidan ko‘ra ko‘proq uchraydi. Ba’zida investorlar millionlab dollarni hali ishlaydigan mahsuloti, daromadi, hatto to‘liq jamoasi ham bo‘lmagan startaplarga tikadi. Nega? Chunki ular keyingi investor ulardan qimmatroq to‘laydi, degan umidda bo‘ladi. Bu yerda e’tibor qiymatga emas, vaqtga qaratilgan.

Buni biz yaqin tarixdagi eng katta startap pufaklarida ko‘rdik. Masalan, WeWork — bu kompaniya hech qanday foyda bermayotgan, oddiygina ofislarni ijaraga beruvchi korxona bo‘lsa-da, qiymati $47 milliardga yetdi. Biroq, mashhur investorlar birin-ketin unga pul tikishda davom etdi. Ular WeWork’ning real qiymatiga emas, balki keyinchalik kimdir ularning ulushini yanada qimmatga sotib oladi, degan umidga ishondi.

Yana bir misol bu 2021-yildagi NFT ishtiyoqi. Odamlar raqamli rasmlarni yuz minglab dollarga sotib oldi. Ular bu foydali yoki noyob bo‘lgani uchun emas, balki narxlar doimiy ravishda oshib boradi, degan ishonch bor edi.

Ammo Greater Fool Theory juda xavfli. U daromad, tushum, mahsulot sifati yoki haqiqiy talab kabi asosiy mezonlarni butunlay inkor qiladi. Bu nazariya faqat taxminlarga asoslanadi va taxmin faqat hayajon tugamaguncha ishlaydi. Odamlar xarid qilishni to‘xtatishi bilan narxlar qulab tushadi, pufaklar yoriladi. Bunga 2008-yilgi moliyaviy inqiroz misol bo‘la oladi: banklar qiymatsiz ipoteka majmuaviy aktivlarini haddan tashqari ko‘p sotib olishgan edi. Uzoq vaqt davomida hamma bu aktivlarni qimmatbaho deb ko‘rsatdi. Ammo bozor real holatga qaytgach, ularni hech kim sotib olmoqchi bo‘lmadi, oqibatda tizim quladi.

Startaplar ham aynan shu tuzoqqa tushib qolishi mumkin. Ba’zida asoschilar haqiqiy biznes o‘sishiga emas, balki yuqori baholanishga intiladi. Ular natijalarga emas, orzulariga ishonadigan biror kishi topilishiga umid qiladi va katta miqdorda pul sarflaydi, ko‘rsatkichlarni bo‘rttiradi va keyingi sarmoya raundini yanada yuqori narxda jalb qilishga urinadi. Bu o‘yin bir muddat davom etishi mumkin. Ammo iqtisodiy holat og‘irlashsa yoki fond bozorlari qulasa “ahmoqlar” yo‘qoladi, startap yo yo‘nalishini o‘zgartiradi, yo qulaydi yoki oxirgi bahosidan ancha pastga sotib yuboriladi.

Shuning uchun ham puxta tekshiruv juda muhim. Siz chakana investor bo‘lasizmi yoki venchur kapitalistmi kompaniyaning asosiy ko‘rsatkichlarini tushunishingiz kerak: u qanday pul topadi, bozordagi o‘rni qanday, qancha pul ishlatmoqda, raqobatdagi ustunligi nimada? Bular sizni “katta ahmoq”ga aylanishdan himoya qiladi. Shov-shuvdan nariga qarab, haqiqiy raqamlar, jamoa dinamikasi va mahsulot kuchini tahlil qilish orqali, siz biror narsa chinakam qimmatlimi yoki shunchaki vaqtincha haddan tashqari baholanganmikan buni aniqroq tushunishingiz mumkin.

Bitcoin ko‘pincha Greater Fool Theory’ning yaqqol misoli sifatida keltiriladi. Tanqidchilar uning ichki qiymati yo‘qligini, ulkan miqdorda elektr energiyasini sarflashini va hech qanday real mahsulot yaratmasligini ta’kidlaydi. Shunga qaramay, uning narxi bir necha bor keskin oshgan. 2017-yilda u $20,000 ga yetdi. 2021-yilda esa $60,000 dan oshdi. Odamlar uni uzoq muddatli foydasi uchun sotib olishdimi — yoki shunchaki keyinchalik kimdir undan ham qimmatga sotib oladi, degan umiddami? Bu savolga javob kimdan so‘ralishiga bog‘liq. Ba’zilar aytishicha, dastlabki chakana investorlar aynan shov-shuv va imkoniyatni qo‘ldan boy berish qo‘rquvi bilan harakat qilgan. Boshqalar esa Tesla va PayPal kabi institutsional xaridorlar kirib kelib, o‘yinni butunlay o‘zgartirdi deb hisoblashadi. Balki, Bitcoin faqatgina “ahmoqlar zanjiri” emasdir ammo bu haqidagi bahsning o‘zi ham ishonch bilan taxmin o‘rtasidagi chiziq naqadar nozik ekanini ko‘rsatadi.

Oxir-oqibat, Greater Fool Theory bir haqiqatni eslatadi: agar siz biror narsani shunchaki kimdir undan ko‘proq to‘laydi deb sotib olayotgan bo‘lsangiz, lekin o‘zi aslida bunga arziydi deb o‘ylamasangiz demak, siz xavfli o‘yin ichidasiz. Qisqa muddatda bozor bu yondashuvni mukofotlashi mumkin, ammo ertami kechmi, kimdir baribir oxirgi bo‘lib qoladi va butun zararni o‘sha ko‘radi.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

Qirg‘izistolik qiz Honorlock startapiga $50 million investitsiya jalb qildi

Next Post

Karnegi Mellon Universitetining o‘zbek talabasi “Mawido” — Qatardagi eng ilg‘or salonlar va barberlar platformasini ishga tushirdi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Markaziy Osiyoga investitsiya kiritayotgan 11 venchur fond

Markaziy Osiyoga investitsiya kiritayotgan 11 venchur fond

Oktabr 27, 2025
Osnova UC Ventures’dan $100 000 miqdorida investitsiya jalb qildi

Osnova UC Ventures’dan $100 000 miqdorida investitsiya jalb qildi

Oktabr 21, 2025
UzVC TezzGO‘ga $100 ming dollar investitisya kiritdi

UzVC TezzGO‘ga $100 ming dollar investitisya kiritdi

Oktabr 11, 2025
O‘zbekistonning ilk xususiy venchur fondlari startaplarga investitsiya kirita boshladi

O‘zbekistonning ilk xususiy venchur fondlari startaplarga investitsiya kirita boshladi

Oktabr 9, 2025
Next Post
Karnegi Mellon Universitetining o‘zbek talabasi “Mawido” — Qatardagi eng ilg‘or salonlar va barberlar platformasini ishga tushirdi

Karnegi Mellon Universitetining o‘zbek talabasi “Mawido” — Qatardagi eng ilg‘or salonlar va barberlar platformasini ishga tushirdi

Nega yirik kompaniyalar innovatsiya qila olmaydi? Innovator dilemmasi tushunchasi

Nega yirik kompaniyalar innovatsiya qila olmaydi? Innovator dilemmasi tushunchasi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

O‘zbekistonda startaplarga 3 oyda $148,6 million investitsiya kiritildi

O‘zbekistonda startaplarga 3 oyda $148,6 million investitsiya kiritildi

Aprel 15, 2026
HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi

HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi

Aprel 15, 2026
O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda

O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda

Aprel 14, 2026
O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

Aprel 13, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • O‘zbekistonda startaplarga 3 oyda $148,6 million investitsiya kiritildi
  • HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi
  • O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?