Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Imkon Ventures O‘zbekiston chakana savdo texnologiyalari kelajagi uchun Avtomato.uz’ga $100 000 investitsiya kiritdi

by Gulnoza Sobirova
Iyun 10, 2026
in Moliyalashtirish va bitimlar
Reading Time: 3 mins read
A A
Imkon Ventures O‘zbekiston chakana savdo texnologiyalari kelajagi uchun Avtomato.uz’ga $100 000 investitsiya kiritdi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Imkon Ventures O‘zbekiston bo‘ylab chakana savdo va bo‘lib to‘lash (nasiya) asosida ishlaydigan korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish platformasi — Avtomato.uz’ga — $100 000 miqdorida investitsiya kiritganini e’lon qildi. Mazkur investitsiya Imkon Ventures’ning mintaqaviy miqyosda o‘sish salohiyatiga ega texnologik kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash strategiyasining mantiqiy davomi hisoblanadi.

Avtomato.uz platformasi O‘zbekistonning yetakchi IT-kompaniyalaridan biri bo‘lgan REVO asoschisi, dasturiy ta’minot muhandisi va Xorazmlik tadbirkor Yo‘ldoshboy Sultonov tomonidan 2025-yil aprel oyida ishga tushirilgan. Bugungi kunga qadar Avtomato.uz platformasi 100 dan ortiq korporativ mijozlar ishonchini qozonib, ularning biznes jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qilmoqda. Kompaniya 2026-yil yakuniga qadar mijozlar bazasini 500 tadan oshirishni maqsad qilgan.

Platforma biznes egalarining asosiy savdo jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan “Software-as-a-Service” (SaaS) yo‘nalishidagi yagona tizim orqali boshqarishga xizmat qiluvchi kompleks yechimdir. Hozirda Avtomato nasiya savdoni tizimli boshqarish, mijozlarni skoring qilish va baholash, ombor hisobini yuritish, POS-tizimlar, xodimlarni to‘g‘ri boshqarish va marketing jarayonlarini avtomatlashtirish uchun qulay vositalarni taqdim etadi. Platformaning modulli tuzilmasi bizneslarga o‘z ehtiyojlariga mos funksiyalarni tanlash imkonini beradi. Shu sababli Avtomato.uz turli hajm va yo‘nalishdagi kompaniyalar uchun moslashuvchan va qulay yechim hisoblanadi.

Avtomato.uz yangi sohalarni qamrab olishni davom ettirmoqda. 2026-yil oxiriga qadar kamida uchta yangi biznes yo‘nalishi uchun maxsus yechimlarni ishga tushirishni rejalashtirgan.

Yo‘ldoshboy Sultonov Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) magistrlik darajasini olgan hamda hisoblash tizimlari uchun matematik va dasturiy ta’minot yo‘nalishida doktorlik dissertatsiyasini yakunlagan. Faoliyati davomida Agrobank’da dasturiy ta’minot arxitektori, Asaxiy’da texnik direktor lavozimlarida ishlagan, shuningdek Moskvadagi Yandex’da dasturiy ta’minot ishlab chiqish yo‘nalishida amaliyot o‘tagan. 2020-yilda u REVO kompaniyasiga asos solgan. Bugungi kunda kompaniya O‘zbekiston bo‘ylab uchta ofis, 30 dan ortiq mutaxassis va AQSh hamda Yevropadagi mijozlar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lib, fintex va elektron tijorat sohalari uchun dasturiy yechimlar ishlab chiqmoqda. Ushbu tajriba Avtomato.uz’ning texnologik rivojlanishi va biznes strategiyasini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

«O‘zbekistonda chakana savdo va bo‘lib to‘lash bozori juda tez o‘sib bormoqda, ammo ko‘pchilik biznes egalari hali ham savdo jarayonlarini qo‘lda yoki tarqoq vositalar yordamida boshqarmoqda», — deydi Sultonov. «Avtomato tadbirkorlarga mijozlar skoringidan tortib ombor boshqaruvigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish uchun yagona platforma taqdim etadi. Biz uni modulli va arzon narxda yaratdik, undan har qanday hajmdagi kompaniyalar foydalanishi va biznesi rivojlangani sari platforma imkoniyatlarini kengaytirib borishi mumkin.

Investitsiya haqida izoh bergan Imkon Ventures’ning hammuasisi Muhammad Xalil: «Avtomato real va shu vaqtga qadar yetarlicha e’tibor berilmagan muammoni hal qiladi. O‘zbekistonda chakana savdo va bo‘lib to’lash sektori yirik, tarqoq va hali ham ko‘p jihatdan qo‘lda ishlash jarayonlariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Yo‘ldoshboy va uning jamoasi dastlabki bosqichdayoq sezilarli natijalarga erishganini allaqachon ko‘rsatdi, platformaning modulli arxitekturasi esa unga masshtablash uchun aniq yo‘l taqdim etadi. Biz chuqur texnik va operatsion kompetensiyalarga ega asoschiga sarmoya kiritmoqdamiz va Avtomato‘ning butun sektor uchun asosiy infratuzilmaga aylanish salohiyatini ko‘rmoqdamiz», — dedi.

Avtomato.uz haqida

Avtomato.uz — Toshkentdagi SaaS-platforma bo‘lib, O‘zbekistondagi chakana savdo va nasiya savdo bilan shug‘ullanuvchi bizneslar uchun moslashuvchan savdo jarayonlarini avtomatlashtirish yechimlarini taqdim etadi. 2025-yil aprel oyida asos solingan platforma chakana savdoni boshqarish, bo‘lib to‘lash tizimi, mijozlar skoringi, ombor hisobi, POS-tizimlar, xodimlarni boshqarish va marketing uchun 100 dan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.  Avtomato.uz REVO kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, kompaniyaning Toshkent, Samarqand va Urganch shaharlarida ofislari mavjud. 

Imkon Ventures haqida

Imkon Ventures — O‘zbekistonda tashkil etilgan xususiy venchur fond bo‘lib, Toxirjon Mirzajonov rahbarligida fintech, B2B SaaS, sun’iy intellekt, deeptech va ta’lim texnologiyalari yo‘nalishlaridagi pre-seed va seed bosqichidagi startaplarga yo‘naltirilgan. UzVC Fondlar Fondi ko‘magi bilan
5 million AQSh dollari miqdoridagi fondga ega Imkon Ventures kelgusi ikki yil ichida 25–30 ta startapga investitsiya kiritishni, mahalliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlashni va ularni global texnologiya ekotizimiga integratsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Previous Post

IT Park Ventures Britaniyaning Ayan Capital islomiy fintech startapiga $1 mln AQSh dollari investitsiya kiritdi

Next Post

Anthropic eng kuchli ommaviy AI modelini taqdim etdi — Claude Fable 5

Gulnoza Sobirova

Related Posts

SQB va Huawei sun’iy intellekt bo’yicha strategik hamkorlikni yo’lga qo’ydi

SQB va Huawei sun’iy intellekt bo’yicha strategik hamkorlikni yo’lga qo’ydi

Iyul 31, 2026
TBC Bank Group OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini sotib olish bitimini yakunladi

TBC Bank Group OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini sotib olish bitimini yakunladi

Iyul 24, 2026
Asaxiy Invest raqamli jamgʻarma platformasini kengaytirish uchun Imkon Ventures’dan 100 000 dollar miqdorida navbatdagi investitsiyani jalb qildi; kompaniya qiymati 10 million dollarga yetdi

Asaxiy Invest raqamli jamgʻarma platformasini kengaytirish uchun Imkon Ventures’dan 100 000 dollar miqdorida navbatdagi investitsiyani jalb qildi; kompaniya qiymati 10 million dollarga yetdi

Iyul 18, 2026
Uzum O’zbekistondagi e-commerce infratuzilmasiga 500 million dollar investitsiya kiritdi

Uzum O’zbekistondagi e-commerce infratuzilmasiga 500 million dollar investitsiya kiritdi

Iyul 8, 2026
Next Post

Anthropic eng kuchli ommaviy AI modelini taqdim etdi — Claude Fable 5

2026-yilda eng ko‘p investitsiya jalb qilayotgan 5 ta startup yo‘nalishi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Avgust 8, 2026
O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

Avgust 8, 2026
Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Avgust 6, 2026
O‘zbekiston ilk bor Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston ilk bor Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi

Avgust 6, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi
  • O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi
  • Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?