Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

IT Park Ventures Britaniyaning Ayan Capital islomiy fintech startapiga $1 mln AQSh dollari investitsiya kiritdi

by Pivot
Iyun 10, 2026
in Moliyalashtirish va bitimlar
Reading Time: 2 mins read
A A
IT Park Ventures Britaniyaning Ayan Capital islomiy fintech startapiga $1 mln AQSh dollari investitsiya kiritdi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

IT Park Ventures Britaniyaning Ayan Capital islomiy fintech startapi uchun jalb qilingan $4 mln AQSh dollarlik ASA investitsiya raundida ishtirok etib, $1 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritdi. Raundda Buyuk Britaniya va Shveysariyadan xalqaro investorlar ham qatnashdi. Jalb qilingan mablag‘lar kompaniyani yanada kengaytirish, texnologik yechimlarni rivojlantirish hamda, ayniqsa, O‘zbekistonda joylashgan dasturchilar jamoasini kengaytirishga yo‘naltiriladi.

Ayan Capital — Markaziy Osiyodagi eng yirik fintech kompaniyalaridan biri bo‘lgan Alif’ni yaratgan seriyali tadbirkorlar Abdullo Qurbonov, Firdavs Mirzoyev va Zuhursho Rahmatulloyev tomonidan asos solingan Britaniyaning islomiy fintech startapidir.

Ayan Capital Londonda joylashgan bo‘lib, Buyuk Britaniyada islomiy moliyaviy xizmatlarning raqamli ekotizimini rivojlantirmoqda. Bugungi kunda kompaniya jismoniy shaxslar, tadbirkorlar va biznes vakillari uchun avtomobillarni to‘liq raqamli haloal moliyalashtirish xizmatlarini taqdim etadi. Bunda kompaniya o‘zining avtomatlashtirilgan skoring va anderrayting texnologiyalaridan foydalanadi. Shuningdek, Ayan Capital Ayan Pay to‘lov platformasi, debet kartalari, islomiy depozitlar va muddatli to‘lov yechimlari kabi yangi moliyaviy mahsulotlarni ham faol rivojlantirmoqda.

Ayan Capital Buyuk Britaniyaning Moliyaviy xulq-atvorni nazorat qilish boshqarmasi (FCA) litsenziyasiga ega bo‘lib, bu kompaniyaning dunyodagi eng rivojlangan moliyaviy bozorlardan biri talablariga yuqori darajada mos kelishini tasdiqlaydi.

IT Park Ventures investitsiyasi kompaniyaning texnologik ekotizimini yanada rivojlantirish, kredit skoringi va avtomobil moliyalashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, shuningdek, O‘zbekistondagi dasturchilar jamoasini kengaytirishga yo‘naltiriladi.

Ayan Capital’ning strategik maqsadi ixtisoslashgan islomiy fintech kompaniyadan Buyuk Britaniyaning to‘laqonli raqamli neo-bankiga aylanishdir. Kompaniya allaqachon bank litsenziyasini olish va G‘arb bozoridagi eng yirik islomiy moliyaviy ekotizimlardan birini yaratish rejalari haqida ma’lum qilgan.

IT Park Ventures uchun mazkur investitsiya fintech, sun’iy intellekt va raqamli moliyaviy xizmatlar sohasida kuchli ekspertizaga ega, global salohiyatli texnologik startaplarni qo‘llab-quvvatlash strategiyasining bir qismidir. Fond xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan va shu bilan birga O‘zbekistonda texnologik hamda mahsulot jamoalarini rivojlantirayotgan kompaniyalarga alohida e’tibor qaratadi. Bu esa milliy innovatsion ekotizimning rivojlanishi va yuqori malakali ish o‘rinlarining yaratilishiga xizmat qiladi.

“Biz, avvalo, butun bozorlarni o‘zgartira oladigan jamoalarga investitsiya kiritamiz. Ayan Capital asoschilari Markaziy Osiyodagi eng yirik fintech kompaniyalaridan birini yaratish orqali buni allaqachon isbotlagan. Bugun ular Buyuk Britaniyada yangi avlod raqamli bankini barpo etmoqda va biz ushbu o‘sish tarixining bir qismi bo‘layotganimizdan mamnunmiz. Global biznes qurayotgan va shu bilan birga mamlakat ichida kuchli jamoalarni shakllantirayotgan startaplarni qo‘llab-quvvatlash IT Park Ventures’ning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Kuchli jamoa, zamonaviy texnologiyalar va ulkan maqsadlar uyg‘unligi kompaniyaga Britaniya bozorida muhim o‘rin egallash imkonini berishiga ishonamiz”, — dedi IT Park Ventures direktori Dalerxon Nodirov.

Ayan Capital’ga kiritilgan investitsiya IT Park Ventures’ning xalqaro portfelini mustahkamlaydi va fondning global bozorlar uchun innovatsion yechimlar yaratayotgan hamda O‘zbekiston texnologik ekotizimining rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan istiqbolli texnologik kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan intilishini tasdiqlaydi.

Previous Post

Tojikiston IT Hub Dushanbe qurilishini boshladi

Next Post

Imkon Ventures O‘zbekiston chakana savdo texnologiyalari kelajagi uchun Avtomato.uz’ga $100 000 investitsiya kiritdi

Pivot

Related Posts

SQB va Huawei sun’iy intellekt bo’yicha strategik hamkorlikni yo’lga qo’ydi

SQB va Huawei sun’iy intellekt bo’yicha strategik hamkorlikni yo’lga qo’ydi

Iyul 31, 2026
TBC Bank Group OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini sotib olish bitimini yakunladi

TBC Bank Group OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini sotib olish bitimini yakunladi

Iyul 24, 2026
Asaxiy Invest raqamli jamgʻarma platformasini kengaytirish uchun Imkon Ventures’dan 100 000 dollar miqdorida navbatdagi investitsiyani jalb qildi; kompaniya qiymati 10 million dollarga yetdi

Asaxiy Invest raqamli jamgʻarma platformasini kengaytirish uchun Imkon Ventures’dan 100 000 dollar miqdorida navbatdagi investitsiyani jalb qildi; kompaniya qiymati 10 million dollarga yetdi

Iyul 18, 2026
Uzum O’zbekistondagi e-commerce infratuzilmasiga 500 million dollar investitsiya kiritdi

Uzum O’zbekistondagi e-commerce infratuzilmasiga 500 million dollar investitsiya kiritdi

Iyul 8, 2026
Next Post
Imkon Ventures O‘zbekiston chakana savdo texnologiyalari kelajagi uchun Avtomato.uz’ga $100 000 investitsiya kiritdi

Imkon Ventures O‘zbekiston chakana savdo texnologiyalari kelajagi uchun Avtomato.uz'ga $100 000 investitsiya kiritdi

Anthropic eng kuchli ommaviy AI modelini taqdim etdi — Claude Fable 5

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi

Avgust 8, 2026
O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi

Avgust 8, 2026
Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi

Avgust 6, 2026
O‘zbekiston ilk bor Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston ilk bor Informatika bo‘yicha xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi

Avgust 6, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Yandex Uzbekistan transport sohasi uchun birinchi milliy hakatonga hamkorlik qiladi
  • O’zbekiston-Qozog’iston savdosidagi to’siqlar 10-avgustdan bekor bo’ladi
  • Markaziy Osiyo haqidagi AI animatsion film SIGGRAPH 2026 sahnasiga chiqdi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?