Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

IT Park rezidentlari uchun yangi qoidalar qanday ishlaydi?

by Pivot
Yanvar 10, 2026
in Siyosat va tartibga solish
Reading Time: 2 mins read
A A
IT Park rezidentlari uchun yangi qoidalar qanday ishlaydi?
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

O‘zbekiston IT sektorida kutilgan yirik o‘zgarishlar o‘zining huquqiy tasdig‘ini topdi. IT Park tomonidan rezidentlarga yuborilgan rasmiy xabarnomaga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprelidan boshlab texnopark rezidentlari uchun shartlar tubdan o‘zgaradi.

Yangi tartibga ko‘ra, ichki bozorga yo‘naltirilgan yirik moliyaviy xizmatlar imtiyozli zonadan chiqariladi va eksportga yo‘naltirilgan kompaniyalar uchun talablar kuchaytiriladi.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab quyidagi toifadagi tashkilotlar uchun IT Park rezidenti maqomi va soliq imtiyozlari bekor qilinadi:

  • To‘lov tashkilotlari: Click, Payme, Paynet, Oson va boshqalar;
  • To‘lov tizimi operatorlari: Uzcard, Humo;
  • Marketpleyslar (elektron to‘lov tizimlari): ATTO va shunga o‘xshash maxsus to‘lov platformalari;
  • Mikromoliya tashkilotlari: ZoodPay, Alif (nasiya xizmatlari), Zoomrad, Moliya va boshqalar.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlarga davlat va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi raqamli platformalar ham rezidentlar safidan chiqarilishi belgilandi.

Yangi mexanizm: eksport qilmasangiz — ko‘proq to‘laysiz

IT Park shunchaki imtiyozlarni kesish bilan cheklanmay, qolgan rezidentlar uchun ham yangi moliyaviy intizomni joriy etmoqda. Endilikda direksiyaga to‘lanadigan oylik ajratmalar kompaniyaning eksport ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘ladi.

2026-yil 1-apreldan boshlab rezidentlar jami daromadining kamida 20 foizini (2027-yildan esa 35 foizini) eksportdan topishlari kerak. Agar ushbu talab bajarilmasa, yirik kompaniyalar uchun IT Parkka to‘lanadigan badal miqdori oshiriladi:

Kompaniyaning yillik daromadiEksport talabi bajarilgandaEksport talabi BAJARILMAGANDA
5 mlrd so‘mgacha1%1%
5 mlrd – 100 mlrd so‘m1%2%
100 mlrd so‘mdan yuqori1%3%

Tahlilchilarning fikricha, 2017-yilda joriy etilgan imtiyozlar o‘z vazifasini bajarib bo‘ldi. Fintex va to‘lov tizimlari o‘tgan 8 yil ichida startap darajasidan chiqib, barqaror va yuqori daromadli biznesga aylandi. Yangi qoidalar davlatning asosiy e’tiborini ichki bozordagi xizmatlarga emas, balki valyuta tushumini ta’minlovchi IT-eksport salohiyatini oshirishga qaratayotganidan dalolat beradi.

IT Park ma’muriyati barcha rezidentlarni 1-aprelga qadar o‘z faoliyatlarini yangi qonunchilik talablariga moslashtirishga va biznes modellarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirmoqda.

Previous Post

Sun’iy intellekt inson tafakkuriga qanday ta’sir qilmoqda?

Next Post

O‘zbekistonlik dasturchi qizning global arenadagi yutuqlari 

Pivot

Related Posts

Kapital bozorini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda

Kapital bozorini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda

Oktabr 6, 2026
Xorijiy onlayn savdo platformalari uchun yangi soliq qoidalari joriy etiladi

Xorijiy onlayn savdo platformalari uchun yangi soliq qoidalari joriy etiladi

Sentabr 14, 2026
Bojxona toʻlovini pasaytirilib, KOB moliyalashtirish kengaytiriladi

Bojxona toʻlovini pasaytirilib, KOB moliyalashtirish kengaytiriladi

Sentabr 5, 2026
Farhod Ibragimov Enterprise Uzbekistan rahbarligiga tayinlandi

Farhod Ibragimov Enterprise Uzbekistan rahbarligiga tayinlandi

Sentabr 5, 2026
Next Post
O‘zbekistonlik dasturchi qizning global arenadagi yutuqlari 

O‘zbekistonlik dasturchi qizning global arenadagi yutuqlari 

Markaziy Osiyo investitsiya xaritasida O‘zbekiston yangi markazga aylanmoqda

Markaziy Osiyo investitsiya xaritasida O‘zbekiston yangi markazga aylanmoqda

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?