Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

O‘zbekistonda risklar bor, lekin ular boshqariladigan — va o‘zgarishlar qaytarilmas

by Pivot
Oktabr 16, 2025
in Maqolalar
Reading Time: 4 mins read
A A
O‘zbekistonda risklar bor, lekin ular boshqariladigan — va o‘zgarishlar qaytarilmas
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Bloomberg nashrida O‘zbekiston haqida noodatiy hajmda, chuqur tahliliy maqola e’lon qilindi. Bu safar mavzu odatdagidek qisqa yangiliklar emas, balki to‘liq kontekstli, faktlarga boy iqtisodiy sharh bo‘ldi. Maqola, avvalo, xorijiy investorlar uchun yozilgan — O‘zbekiston qanday islohotlar o‘tkazayotgani va qanday imkoniyatlar paydo bo‘layotganini tushuntiradi. Ammo unda biz, bu o‘zgarishlar ichida yashayotganlar uchun ham juda muhim ma’no bor: mamlakat endi o‘zini boshqacha tasavvur qila boshladi.

Yangi iqtisodiy xaritada O‘zbekiston

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston bu yil tarixidagi eng katta investitsiya oqimini jalb qilmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (FDI) hajmi 2024-yildagi $11,9 milliarddan 2025-yilda $42 milliardga yetishi kutilmoqda. Bu raqam — mamlakatning iqtisodiy izolyatsiyadan chiqib, global kapital bozorlarida o‘z o‘rnini topayotganini bildiradi.

Bu jarayonni dunyoning eng yirik moliyaviy institutlari tasdiqlamoqda: Citibank, JPMorgan, Franklin Templeton va ACWA Power kabi kompaniyalar Toshkentda ofis ochdi. Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonda $15 milliardlik qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshirmoqda — bu uning o‘z yurtidan tashqari eng katta bozori. Yangi avlod kompaniyalari — TBC Bank, Uzum, Payme — esa fintech sektorini mamlakatda iqtisodiy o‘sish drayveriga aylantirmoqda.

Korzinka: qo‘rquvdan o‘sishga

Maqolada shuningdek Zafar Xashimov va Korzinka tarmog‘i misolida ifodalangan o‘zgarish hikoyasi ham aytib o’tilgan. 1996–2006-yillar oralig‘ida Korzinka atigi 18 ta do‘kon ochgan. Sabab oddiy — o‘sha davrda tez o‘sish “xavfli” edi, haddan tashqari muvaffaqiyat “e’tibor tortuvchi” deb hisoblanardi.

Ammo 2016-yildan keyingi siyosiy va iqtisodiy islohotlar bilan bu paradigma butunlay o‘zgardi. Valyuta liberallashdi, biznesga cheklovlar yumshadi, kapital harakati ochildi. Natijada Korzinka so‘nggi to‘qqiz yilda 170 dan ortiq yangi do‘kon ochdi, yaqinda esa mintaqadagi eng yirik oziq-ovqat logistika markazini ishga tushirdi. Bu kengayish $100 million xorijiy investitsiya hisobiga amalga oshgan — 2017-yilgi valyuta islohatisiz bu deyarli imkonsiz bo‘lardi.

“Biz ilgari haddan tashqari o‘sishdan cho‘chirdik. Endi esa bu yerda katta imkoniyatlar bor,” — deydi Xashimov Bloomberg’ga bergan intervyusida.

Yopiq tizimdan ochiq iqtisodiyotga

Bloomberg tahliliga ko‘ra, burilish nuqtasi 2016-yilda yuz berdi — Prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgach, mamlakat valyuta kursini erkinlashtirdi, investitsiya va savdo yo‘llarini ochdi, qo‘shnilar bilan diplomatik munosabatlarni normallashtirdi.

Bu siyosiy burilish iqtisodiy o‘sishga kuchli turtki berdi. O‘zbekiston iqtisodiyoti 2020-yildan beri ikki baravar o‘sib, $100 milliard chegarasidan oshdi. Bu o‘sishning asosiy drayverlari — oltin eksporti, energetika sektori, va ayniqsa fintech sanoatidir. Bloomberg qayd etadi: O‘zbekiston endi nafaqat mintaqaviy o‘yinchi, balki global kapital oqimining yangi yo‘nalishi sifatida ko‘rilmoqda.

Risklar mavjud, ammo ular boshqarilmoqda

«O‘zbekiston hali to‘liq shakllangan iqtisod emas, balki “frontier market” — yuqori o‘sish salohiyatiga ega, ammo hali to‘liq barqarorlik bosqichiga chiqmagan bozor. Shunga qaramay, xalqaro reyting agentliklari ishonch bildirmoqda: S&P Global Ratings bu yil mamlakatning reytingini “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi», — deyiladi maqolada.

JPMorgan tahlilchisi Zsolt Pappning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi bozor baholari allaqachon O‘zbekistonning islohotlardan kutayotgan natijalarini “narxga kiritgan”. Endi muhim savol — bu islohotlar amalda qanday davom etadi.

Bloombergning xulosasi aniq: risklar bor, lekin ular boshqariladigan. Bu investorlar uchun eng muhim signal — tizim endi muammolarni yashirmayapti, ularni hal etish mexanizmlarini shakllantiryapti.

Yangi avlod va yangi tafakkur

Bloomberg maqolasida o‘zgarishlar faqat iqtisodda emas, balki boshqaruv madaniyatida ham aks etgani ta’kidlanadi. Mansurjon Rasulev (Investitsiyalarni ilgari surish agentligi rahbari) va Nozima Davletova (Prezident Administratsiyasi) misolida yangi avlod amaldorlari tilga olinadi. Ular mamlakatdagi yangi ochiqlik, mas’uliyat va gender tengligi madaniyatining shakllanishini ifodalaydi.

“Oldin ayollar zarur emas deb hisoblanardi. Endi esa biz qonunlarni o‘zgartirayapmiz,” — deydi Davletova Bloomberg’ga.

Bu tafakkur o‘zgarishi iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda ijtimoiy modernizatsiyaning ham belgisi.

Bloombergning xulosasi: o‘zgarishlar ortga qaytmaydi

Maqola Zafar Xashimovning fikri bilan yakunlanadi:

“O‘zbekistonda risklar bor, lekin ular boshqariladigan. Muhimi — o‘zgarishlar ortga qaytmaydi.”

Bu so‘zlar, aslida, bugungi O‘zbekiston ruhini ifodalaydi. Qo‘rquvdan ishonchga, yopiq tizimdan ochiq iqtisodiyotga, cheklangan biznesdan global o‘sishga — bu transformatsiya endi qaytarilmaydi. O‘zbekiston bugun global iqtisodiyot xaritasida riskli, ammo o‘zgarishlarni boshqarayotgan mamlakat sifatida tanilmoqda. Va bu — har qanday investitsiya bozorida eng muhim omil: ishonch.

Previous Post

10x Asoschi: O‘zbekiston uchun quvib yetish emas, sakrab o’tish vaqti keldi

Next Post

HealthTech o‘zgarishi O‘zbekistonda: OnlaynHamshira uy tibbiy xizmatlarini $100 millionlik bozorga aylantirmoqda

Pivot

Related Posts

IT Park Uzbekistan Londonda «Digital Uzbekistan» tadbirini o‘tkazadi

IT Park Uzbekistan Londonda «Digital Uzbekistan» tadbirini o‘tkazadi

Iyun 5, 2026
Sun’iy intellekt iqtisodiyotni portlatib yuboradimi? Stanford professori Chad Jonesning javobi

Sun’iy intellekt iqtisodiyotni portlatib yuboradimi? Stanford professori Chad Jonesning javobi

May 23, 2026
«SaaS o‘ldi» — AQSh armiyasining asosiy dasturiy ta’minot yetkazuvchisi nima uchun bunday demoqda?

«SaaS o‘ldi» — AQSh armiyasining asosiy dasturiy ta’minot yetkazuvchisi nima uchun bunday demoqda?

May 19, 2026
AI hammani ishsiz qoldiradi(mi?)

AI hammani ishsiz qoldiradi(mi?)

May 8, 2026
Next Post
HealthTech o‘zgarishi O‘zbekistonda: OnlaynHamshira uy tibbiy xizmatlarini $100 millionlik bozorga aylantirmoqda

HealthTech o‘zgarishi O‘zbekistonda: OnlaynHamshira uy tibbiy xizmatlarini $100 millionlik bozorga aylantirmoqda

Osnova UC Ventures’dan $100 000 miqdorida investitsiya jalb qildi

Osnova UC Ventures’dan $100 000 miqdorida investitsiya jalb qildi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi

McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi

Iyun 8, 2026
Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda

Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda

Iyun 7, 2026
IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

Iyun 7, 2026
IT Park Uzbekistan Londonda «Digital Uzbekistan» tadbirini o‘tkazadi

IT Park Uzbekistan Londonda «Digital Uzbekistan» tadbirini o‘tkazadi

Iyun 5, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi
  • Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda
  • IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?