Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Startapingizni qanday qilib ko‘zga ko‘rinadigan qilish mumkin — 5 muhim tamoyil

by Gulnoza Sobirova
Sentabr 3, 2025
in Startaplar
Reading Time: 3 mins read
A A
Startapingizni qanday qilib ko‘zga ko‘rinadigan qilish mumkin — 5 muhim tamoyil
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Startaplar ko‘pincha yomon mahsulotdan emas, balki ular haqida hech kim bilmagani uchun muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. “Yarat va ular o‘zlari keladi” degan afsona ishlamaydi. Haqiqat shuki, startap uchun e’tibor — kisloroddir. Uni ololmagan g‘oya bozorga chiqmasdan yo‘qolib ketadi.

Texnologiyalar bo‘yicha kommunikatsiya mutaxassisi Lize Xong startapni tanitish va esda qoldirish uchun 5 muhim tamoyilni tavsiya qiladi.

1. Xabaringiz aniq va tushunarli bo‘lsin

Asoschi o‘z startapini 20 soniyada tushuntirib bera olmasa, bu muammo. Oddiy va qisqa gaplar eng kuchli quroldir. “Inqilobiy yechim”, “keskin o‘zgarish” kabi og‘ir so‘zlardan qochish kerak.

Siz hal qilayotgan muammo, taqdim etayotgan yechim va mijozga foydasini sodda tilda tushuntiring. Agar sohadan tashqaridagi odam tushunmasa, investor ham, mijoz ham tushunmaydi. Aniqlik doim aqllilikdan ustun.

2. Hikoyangizni tuzib ayting

Odamlar funksiyalarni emas, hikoyalarni eslab qoladi. Har bir asoschida uchta asosiy hikoya bo‘lishi kerak:

  • Mahsulot hikoyasi: mahsulotingiz qanday muammoni hal qiladi?
  • Asoschi hikoyasi: nega aynan siz bu startapni qurayapsiz?
  • Kompaniya hikoyasi: startapingiz qayerga qarab rivojlanmoqda?

Tuzilgan hikoya nafaqat qiziqarli, balki investor, xodim va matbuot uchun ham tushunarli bo‘ladi.

3. PR strategiyangizga xizmat qilsin

Ko‘plab startaplar matbuotni o‘z-o‘zidan yutuq deb biladi. Aslida esa PR — vosita, maqsad emas. Matbuot chiqishi oldidan o‘zingizdan so‘rang: bu sizning maqsadingizga qanday yordam beradi?

Masalan, sarmoya jalb qilmoqchimisiz? Unda media sizga ishonchlilik beradi. Yangi bozorga kirmoqchimisiz? Mahalliy matbuot eshiklarni ochib beradi. Xullas, yuqori nishonni tanlang, lekin to‘g‘ri nishonni.

4. Har bir yangilik press-relizga arzimaydi

PR hamma narsaga yechim emas. Ba’zi yangiliklarni LinkedIn’da yoki kompaniya blogida ulashgan ma’qul. Agar sizning yangiligingizni boshqa startapdan eshitsangiz qiziq bo‘lmasa, jurnalistlar uchun ham qiziq bo‘lmaydi.

Yangilik bo‘lishi uchun voqea dolzarb, ta’sirli, muhim yoki noodatiy bo‘lishi kerak. Aks holda, o‘z kanallaringiz orqali auditoriya to‘plaganingiz foydaliroq.

5. Matbuot bilan faqat tayyor bo‘lganda gaplashing

Matbuot sizning ishonchliligingizni oshiradi, lekin tayyor bo‘lmasangiz, kamchiliklaringiz ham ochilib qoladi. Shuning uchun jurnalist bilan gaplashishdan oldin mahsulotingiz ishlashiga, xabaringiz aniq bo‘lishiga va hikoyangiz qiziqarli chiqishiga ishonch hosil qiling.

Suhbatdan so‘ng esa albatta qisqa va aniq xat yuboring. Bu nafaqat faktlarni to‘g‘rilaydi, balki keyingi hamkorlik uchun mustahkam aloqa o‘rnatadi.Startap hikoyasini agentlikka topshirib qo‘yib bo‘lmaydi. Eng muvaffaqiyatli asoschilar o‘zlari ham yaxshi hikoyachi bo‘lishadi.

Aniq xabar, tuzilgan hikoya va maqsadga xizmat qiladigan PR orqali startap soyadan chiqib, hammani esida qoladigan brendga aylanishi mumkin.

Sizning mahsulotingiz e’tiborga loyiq. Endi savol: uni dunyoga yetarlicha yaxshi hikoya qilib bera olasizmi?

Previous Post

Hindistonning deep tech startaplari uchun $1 milliardlik ittifoq tuzildi

Next Post

$1 Trillion yo‘l xaritasi: Janubiy Koreya mo‘jizasidan saboqlar

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

Higgsfield AI: Series B raundi doirasida $4 milliardlik baho bilan yuzlab million dollar investitsiya jalb qilmoqda

May 2, 2026
Toshkentlik Kraken Express game dev studiyasining «Windrose» o‘yini 10 kunda $30 mln ishlab topdi

Toshkentlik Kraken Express game dev studiyasining «Windrose» o‘yini 10 kunda $30 mln ishlab topdi

May 1, 2026
Startap nima? | Pivot.uz

Startap nima? | Pivot.uz

Aprel 18, 2026
Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Fevral 4, 2026
Next Post
$1 Trillion yo‘l xaritasi: Janubiy Koreya mo‘jizasidan saboqlar

$1 Trillion yo‘l xaritasi: Janubiy Koreya mo‘jizasidan saboqlar

IT Park Uzbekistan’ning AQSh safaridan natijalar: IT eksporti va autsorsingda yangi imkoniyatlar

IT Park Uzbekistan’ning AQSh safaridan natijalar: IT eksporti va autsorsingda yangi imkoniyatlar

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?

May 15, 2026
UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi

May 13, 2026
Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi

May 13, 2026
Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

Yevropada Yandex’ning sho‘ba korxonasi Yango taksi xizmati foydalanuvchilari ma’lumotlarini Rossiyaga berganlikda gumonlanib, 100 million yevro miqdorida jarimaga tortildi

May 11, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Imzolashdan oldin har bir shartnomani AI o’qisa-chi?
  • UzNIF IPO’si $600 milliondan ortiq mablag‘ jalb qildi
  • Markaziy Osiyoda $30 millionlik yangi GIG Fund ochildi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?