Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

TBC Group kengaymoqda: OLX Uzbekistan xaridiga ruxsat berildi

by Pivot
Iyun 5, 2026
in Moliyalashtirish va bitimlar
Reading Time: 2 mins read
A A
TBC Group kengaymoqda: OLX Uzbekistan xaridiga ruxsat berildi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

O’zbekiston Raqobat qo’mitasi TBC Bank Group tarkibiga kiruvchi kompaniyaning OLX Classifieds’ni sotib olishiga rozilik berdi va iqtisodiy konsentratsiya bitimini rasman tasdiqladi.

Qo’mita BAAdagi Tapuz Limited kompaniyasining arizasini ko’rib chiqdi. Ariza OLX savdo belgisi ostida onlayn reklama xizmatlarini ko’rsatuvchi OLX Classifieds’ning 100% ulushini sotib olishga taalluqli edi.

Tapuz Limited kompaniyasining asosiy aksiyadori — TBC Bank Group PLC — O’zbekistonda TBC Bank raqamli tijorat banki hamda Payme onlayn to’lov xizmatiga bilvosita egalik qiladi. Qo’mita, shuningdek, Payme va OLX Classifieds’ning raqamli platformalar sohasida ustun mavqega ega korxonalar ro’yxatiga kiritilganligini ham inobatga oldi.

Bundan tashqari, Tapuz Limited O’zbekistonda onlayn reklama bozorida faoliyat yurituvchi boshqa xo’jalik yurituvchilar ustav fondida hech qanday ulushga ega emasligi aniqlandi.

Rozilik shartlari

Qo’mita bitimni raqobat muhitini saqlash va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator majburiy talablar asosida tasdiqladi:

  • Bir tomonlama ta’sir ko’rsatish taqiqi: Tapuz Limited va TBC Bank Group PLC nazoratidagi raqamli platformalar orqali OLX foydalanuvchilari uchun xizmatlar shartlariga bir tomonlama va asossiz ta’sir ko’rsatish taqiqlanadi.
  • Ma’lumotlarni himoya qilish: OLX orqali to’planadigan yoki qayta ishlanadigan ma’lumotlardan TBC Bank va Payme raqobatchilari mijozlariga oid shaxsiy yoki tijorat ma’lumotlarini raqobatni cheklash maqsadida foydalanish yoki oshkor qilish taqiqlanadi.
  • Ustun mavqeni suiiste’mol qilmaslik: Korxonalar o’z dominant mavqeini suiiste’mol qilmasligi va iste’molchilar huquqlarini kamsitmasligi lozim.
  • To’lov betarafligi: Foydalanuvchilarni OLX orqali to’lovlarni faqat Payme yoki TBC Bank ilovasi orqali amalga oshirishga majburlash taqiqlanadi; boshqa to’lov xizmatlari uchun ham teng sharoit yaratilishi shart.

Kompaniya, shuningdek, «Raqobat to’g’risida»gi qonun va tegishli normativ hujjatlar talablariga to’liq rioya qilishi majburiy.

2025-yil avgustida TBC Bank Group OLX Uzbekistan aksiyalarining 100% nazorat paketini sotib olgan edi. Sotuvchi Prosus tarkibiga kiruvchi OLX Group bo’lib, bitimni amalga oshirish uchun TBC Bank Group Titan Investments bilan qo’shma korxona tashkil etgan edi.

Tags: #olxuzbekistan#tbcbank
Previous Post

Alipay+ tizimi Qirg‘izistonning Elcard milliy to‘lov operatori bilan hamkorlikda xalqaro QR to‘lovlarini ishga tushirdi

Next Post

IT Park Uzbekistan Londonda «Digital Uzbekistan» tadbirini o‘tkazadi

Pivot

Related Posts

Bigmart $500,000 lik investitsiya raundini yopdi

Bigmart $500,000 lik investitsiya raundini yopdi

Oktabr 7, 2026
egaranti Series A oldi raundida AloqaVentures ishtirokida 1,1 million dollar investitsiya jalb qildi

egaranti Series A oldi raundida AloqaVentures ishtirokida 1,1 million dollar investitsiya jalb qildi

Sentabr 28, 2026
IT Park Ventures 6 ta texnologik startapga investitsiya kiritdi

IT Park Ventures 6 ta texnologik startapga investitsiya kiritdi

Sentabr 23, 2026
Imkon Ventures Dcard startapiga $20,000 investitsiya kiritdi

Imkon Ventures Dcard startapiga $20,000 investitsiya kiritdi

Sentabr 4, 2026
Next Post
IT Park Uzbekistan Londonda «Digital Uzbekistan» tadbirini o‘tkazadi

IT Park Uzbekistan Londonda "Digital Uzbekistan" tadbirini o‘tkazadi

IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi

Oktabr 12, 2026
Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin

Oktabr 12, 2026
AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda

Oktabr 12, 2026
Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Yandex’dagi uzilishlar O‘zbekiston bozoriga qanday ta’sir qiladi?

Oktabr 12, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Turkiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni cheklaydi
  • Anthropic $42 mlrd zarar ko‘rganiga qaramay $2 trlnga baholanishi mumkin
  • AI aktyorlarni almashtiryaptimi? Endi ularning raqamli qiyofasi ham litsenziyalanmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?