Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Imkon Ventures Dcard startapiga $20,000 investitsiya kiritdi

by Pivot
Sentabr 4, 2026
in Moliyalashtirish va bitimlar
Reading Time: 3 mins read
A A
Imkon Ventures Dcard startapiga $20,000 investitsiya kiritdi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Toshkent, O’zbekiston — Imkon Ventures O’zbekistondagi savdo va xizmat ko’rsatish sohasi uchun chegirma, keshbek va sodiqlik dasturlarini yagona raqamli platformada birlashtiruvchi Dcard startapiga $20 000 miqdorida pre-seed investitsiya kiritganini e’lon qildi. Mazkur investitsiya Imkon Ventures’ning iste’mol bozori va xizmat ko’rsatish sektori uchun raqamli infratuzilma yaratayotgan dastlabki bosqichdagi jamoalarni qo’llab-quvvatlash strategiyasining mantiqiy davomi hisoblanadi.

Dcard platformasi Javlon Jabbaraliyev boshchiligidagi jamoa tomonidan ishga tushirilgan. Loyihaning pilot bosqichi 2026-yil avgust oyida boshlangan bo’lib, qisqa muddat ichida 50 dan ortiq hamkor biznes bilan aloqa o’rnatilgan va platforma o’zining dastlabki daromadini qayd etgan. Kompaniya 2026-yil yakuniga qadar hamkor bizneslar sonini 500 tadan oshirishni maqsad qilgan.

O’zbekistonda savdo va xizmat ko’rsatish bozorining umumiy hajmi $25–30 milliard deb baholanmoqda, biroq chegirma va sodiqlik tizimlari bugungi kunda nihoyatda tarqoq holatda qolmoqda. Har bir soha — avtoxizmat, go’zallik salonlari, restoranlar, fitnes markazlari — o’zining alohida chegirma va bonus tizimini yuritadi. Natijada iste’molchi o’nlab turli kartalar va ilovalarni boshqarishga majbur bo’ladi, bizneslar esa mijozni qaytarish uchun tobora qimmatlashib borayotgan marketing xarajatlarini ko’taradi. Dcard ushbu tizimlarni yagona ilovada birlashtirib, muammoni ikkala tomon uchun bir vaqtda hal qilishni maqsad qilgan.

Platforma foydalanuvchilarga bitta ilova orqali barcha hamkor bizneslarning chegirma, keshbek va sodiqlik dasturlaridan foydalanish imkonini beradi. Bizneslar uchun esa alohida merchant paneli taqdim etiladi — u orqali hamkorlar chegirma shartlarini mustaqil boshqarishi, savdo ma’lumotlarini real vaqt rejimida kuzatishi va mijozlar oqimini tahlil qilishi mumkin.

Dcard ikki tomonlama daromad modeli asosida ishlaydi: hamkor bizneslardan platforma orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar bo’yicha 5% komissiya olinadi, foydalanuvchilar esa oyiga 70 000 so’m miqdoridagi obuna orqali kengaytirilgan imtiyozlardan foydalanadi.

Kompaniyaning bozorga chiqish strategiyasi ikki yo’nalishga asoslangan. Birinchisi — ambassador modeli: har bir soha bo’yicha mashhur blogerlar va influencerlar bilan hamkorlik qilinadi, ular platforma komissiyasidan kelishilgan xolda 30% gacha ulush oladi. Ushbu model marketing xarajatlarini bevosita natijaga bog’laydi va mijoz jalb qilish qiymatini nazorat ostida ushlab turish imkonini beradi. Ikkinchisi — har bir shaharda mahalliy biznes egalari bilan bevosita ishlash orqali hamkorlar tarmog’ini shakllantirish.

2026-yil davomida Dcard mahsulotni O’zbekistonning 3–4 ta yirik shahrida — Toshkent, Samarqand va Buxoroda — to’liq ishga tushirishni rejalashtirgan. Shu davr mobaynida kompaniya dastlabki 4–5 vertikalda (avtoxizmat, go’zallik, restoran va fitnes) 500 dan ortiq merchant hamkorligini shakllantirish hamda obunachilar bazasini 200 000 foydalanuvchiga yetkazishni maqsad qilgan.

Dcard asoschisi va bosh direktori Javlonbek Jabboraliyev hozirda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) Software Engineering yo’nalishi bo’yicha tahsil olmoqda. Dcard’gacha u O’zbekistonning yetakchi elektron tijorat platformasi Uzum Marketda B2B hamkorlarni jalb qilish yo’nalishida ishlagan, so’ngra marketplace’larda savdo bo’yicha o’quv markazi — Soff Academy’da operatsion direktor lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu tajriba unga hamkor bizneslarni jalb qilish va savdo jarayonlarini tashkil etish bo’yicha amaliy kompetensiya bergan bo’lib, aynan shu ko’nikmalar Dcard’ning merchant tarmog’ini shakllantirishda asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda.

«O’zbekistonda chegirma va sodiqlik dasturlari mavjud, ammo ular tarqoq — iste’molchi ulardan to’liq foydalana olmaydi, biznes esa ularning samarasini o’lchay olmayd. Biz iste’molchi uchun bitta ilova, biznes uchun esa bitta boshqaruv paneli yaratmoqdamiz. Endi bizning asosiy vazifamiz — ushbu modelni yangi shaharlar va yangi sohalarga kengaytirish.», — deydi Dcard asoschisi Javlon Jabbaraliyev. 

«Dcard bizneslar va iste’molchilar bir vaqtning o’zida duch keladigan muammoni hal qilmoqda. O’zbekistonda mijozni jalb qilish va qaytarish xarajati tez o’sib bormoqda, sodiqlik infratuzilmasi esa deyarli shakllanmagan. Javlonbek va uning jamoasi pilot bosqichdayoq hamkorlar va foydalanuvchilarni qanchalik tez jalb qila olishini ko’rsatdi. Biz nafaqat dastlabki bosqichdagi jamoaga, balki butun sektor uchun standart bo’lib xizmat qilishi mumkin bo’lgan infratuzilmaga sarmoya kiritmoqdamiz», — Imkon Ventures bosh direktori Tohirjon Mirzajonov

Dcard haqida

Dcard — chegirma, keshbek va sodiqlik dasturlarini yagona mobil ilovada birlashtiradi. Platforma iste’molchilarga hamkor bizneslar tarmog’i bo’ylab imtiyozlardan foydalanish, bizneslarga esa mijozlar oqimini boshqarish va savdo ma’lumotlarini real vaqt rejimida tahlil qilish imkonini beradi. 2026-yil avgust oyida pilot loyihasini ishga tushirgan kompaniya hozirda avtoxizmat, go’zallik, restoran va fitnes yo’nalishlarida 50 dan ortiq hamkor hamda 200 dan ortiq foydalanuvchiga xizmat ko’rsatmoqda. Aloqa: dcard.hq@gmail.com

Imkon Ventures haqida

Imkon Ventures — O’zbekistonda tashkil etilgan xususiy venchur fond bo’lib, Tohirjon Mirzajonov rahbarligida fintech, B2B SaaS, sun’iy intellekt, deeptech va ta’lim texnologiyalari yo’nalishlaridagi pre-seed va seed bosqichidagi startaplarga yo’naltirilgan. UzVC Fondlar Fondi ko’magi bilan 5 million AQSh dollari miqdoridagi fondga ega Imkon Ventures kelgusi ikki yil ichida 25–30 ta startapga investitsiya kiritishni, mahalliy jamoalarni qo’llab-quvvatlashni va ularni global texnologiya ekotizimiga integratsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Tags: Startaplar
Previous Post

Mahsulotingiz o‘sishdan to‘xtadimi? Jason Cohen’dan 2 bosqichli strategiya

Next Post

Farhod Ibragimov Enterprise Uzbekistan rahbarligiga tayinlandi

Pivot

Related Posts

O‘zbekiston va AQSh $12 mlrdlik kelishuvlarga erishdi

O‘zbekiston va AQSh $12 mlrdlik kelishuvlarga erishdi

Oktabr 20, 2026
TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi

TEG AQSh fond bozoriga chiqqan ilk o‘zbekistonlik kompaniya bo‘ldi

Oktabr 15, 2026
Bigmart $500,000 lik investitsiya raundini yopdi

Bigmart $500,000 lik investitsiya raundini yopdi

Oktabr 7, 2026
egaranti Series A oldi raundida AloqaVentures ishtirokida 1,1 million dollar investitsiya jalb qildi

egaranti Series A oldi raundida AloqaVentures ishtirokida 1,1 million dollar investitsiya jalb qildi

Sentabr 28, 2026
Next Post
Farhod Ibragimov Enterprise Uzbekistan rahbarligiga tayinlandi

Farhod Ibragimov Enterprise Uzbekistan rahbarligiga tayinlandi

Startup Garage Irshod.uz platformasini ishga tushirdi

Please login to join discussion

false

  • Latest
  • Trending
  • Comments
General Motors elektromobillar uchun to‘rtinchi avlod platformasini taqdim etdi

General Motors elektromobillar uchun to‘rtinchi avlod platformasini taqdim etdi

Oktabr 23, 2026
Google Cloud OpenAI modellarini platformasiga qo‘shib, bizneslar uchun AI tanlovini kengaytirmoqda

Google Cloud OpenAI modellarini platformasiga qo‘shib, bizneslar uchun AI tanlovini kengaytirmoqda

Oktabr 23, 2026
AQSh kompaniyasi Samarqandda ma’lumotlar markazi qurishni rejalashtirmoqda

AQSh kompaniyasi Samarqandda ma’lumotlar markazi qurishni rejalashtirmoqda

Oktabr 23, 2026
O‘zbekiston Visa, Nasdaq va Citi bilan moliya bozorini rivojlantirishni muhokama qildi

O‘zbekiston Visa, Nasdaq va Citi bilan moliya bozorini rivojlantirishni muhokama qildi

Oktabr 23, 2026

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • General Motors elektromobillar uchun to‘rtinchi avlod platformasini taqdim etdi
  • Google Cloud OpenAI modellarini platformasiga qo‘shib, bizneslar uchun AI tanlovini kengaytirmoqda
  • AQSh kompaniyasi Samarqandda ma’lumotlar markazi qurishni rejalashtirmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?