Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Kapitalning Sharqqa ko’chishi: Osiyo startap ekotizimi yuksalmoqda, G’arb bozorlari esa inqirozda

by Pivot
Fevral 20, 2026
in Bozor ma'lumotlari va hisobotlari
Reading Time: 5 mins read
A A
Kapitalning Sharqqa ko’chishi: Osiyo startap ekotizimi yuksalmoqda, G’arb bozorlari esa inqirozda
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Global startap landshafti so’nggi yillardagi eng keskin o’zgarishlarni boshdan kechirmoqda. GSER 2025 (Global Startup Ecosystem Report) ma’lumotlariga ko’ra, Osiyo va Afrika bozorlari oldinga chiqayotgan bir paytda, Yevropa va Shimoliy Amerika ekotizimlari jiddiy turg’unlikka yuz tutmoqda. Global Top 40 reytingida 16 ta ekotizim o’z pozitsiyasini yaxshiladi, 18 tasi esa pastga quladi.

Ushbu maqolada Pivot.uz kuzatuvchilari, venchur investorlar va startap asoschilari uchun global bozorning bugungi holati, raqamlar va kelajak trendlari haqida eng muhim faktlarni tahlil qilamiz.

1. Ekotizim Qiymatidagi (EV) Qulash va Venchur Inqirozi

Ekotizim qiymati (Ecosystem Value – EV) — startaplar bahosi va so’nggi 2,5 yildagi chiqishlar (exits) yig’indisi. 2025-yilda global miqyosda EV 31% ga keskin pasaydi.

  • Top 20 talikdagi holat: O’tgan yilgi eng kuchli 20 ta ekotizimning median EV ko’rsatkichi 24% ga tushgan. Faqatgina uchta shahar — Pekin, Los-Anjeles va Tokio ijobiy o’sish ko’rsatdi. Parij barqaror qoldi, qolgan barcha shaharlarda pasayish kuzatildi.
  • Erta bosqich inqirozi: 2022-yil oxiridan boshlab Seed va Series A bosqichlaridagi moliyalashtirish ham bitimlar soni, ham qiymati jihatidan keskin qisqardi.
  • Exit (Chiqish) muammolari: $50 milliondan yuqori bo’lgan yirik exit’lar Top 40 ekotizimda 31% ga, global miqyosda esa 40% ga kamaydi.
  • Tarixiy sabab: Bu holat qisman 2021-yildagi «ko’pik» bilan bog’liq. O’sha yili rekord darajada — 682 ta yangi unicorn paydo bo’lgan (2020-yilda bu raqam 165 ta edi), o’rtacha exit qiymati esa 2020-yildagi $99 milliondan 2021-yilda $233 millionga ko’tarilgan edi. Bugungi kunda startaplar o’sha sun’iy ishirilgan baholarni oqlashga qiynalmoqda.

2. Sun’iy Intellekt (AI): yangi davr dvigateli

SaaS modeli o’z davrini yakunlamoqda — xuddi 1992-yilda Netscape paydo bo’lib, an’anaviy dasturiy ta’minotni siqib chiqargani kabi. AI endi shunchaki soha emas, balki har bir startapning poydevoriga aylanmoqda.

  • Kapital konsentratsiyasi: Hozirgi kunda global AI moliyalashtirishning 90% qismi AQSH va Xitoy hissasiga to’g’ri keladi. Global ekotizim qiymatining 56% ni ham aynan shu ikki davlat nazorat qilmoqda.
  • Venur kapitalining yangi yo’nalishi: O’tgan yili AI va Big Data startaplariga yo’naltirilgan venchur kapitali 33% ga o’sdi. Hozirda jami global VC investitsiyalarining 40% i aynan shu sektorga kiritilmoqda (2021-yilda bu 26% edi). AI startaplari uchun Series A raundlari boshqa sohalarga nisbatan o’rtacha ikki barobar kattaroq.
  • Liderlar va ta’qibchilar: Silikon vodiysi 2023-2024 yillarda AI-Native startaplarga $30 milliarddan ortiq sarmoya jalb qilib mutlaq yetakchilikni saqlab qoldi. Ammo Pekin $5 milliard investitsiya bilan uni ta’qib qilmoqda. Parij, Dehli, Istanbul va San-Diyegoda AI startaplar soni so’nggi 3 yilda ikki barobarga oshgan bo’lsa, Toronto, Shenjen, Shanxay va Mumbayda AI’ga yo’naltirilgan sarmoyalar hajmi 10 barobarga o’sdi.

3. Sektorlar jangi

Kapital bozoridagi o’zgarishlar qaysi sohalar kelajak ekanligini, qaysilari esa inqirozga yuz tutayotganini aniq ko’rsatib berdi:

  • O’sayotgan sektorlar: Life Sciences (Hayot fanlari) +17% ga, Kiberxavfsizlik +4% ga sarmoyaviy o’sish ko’rsatdi. Blockchain sohasidagi moliyalashtirish 2024-yilda 0% (barqaror) saqlanib qoldi.
  • Qulayotgan sektorlar: Edtech (Ta’lim texnologiyalari) sarmoyalari -57% ga, Cleantech (Toza energiya) esa -40% ga qisqardi. Xususan, Cleantech 2024-yilda $13 milliard jalb qildi (2022-yilda bu ko’rsatkich $28 milliard edi). AdTech va Digital Media sohalari ham og’ir kunlarni boshdan kechirmoqda.

4. Mintaqaviy tafovutlar va Top 40 Reytingi

Qit’alar miqyosida EV ning pasayishi turlicha bo’ldi. Osiyo va Afrika qit’alari eng kam zarar ko’rdi (-17%). Shimoliy Amerika -18%, Okeaniya -19%, MENA (Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika) -22%, Yevropa -24% pasayishni qayd etgan bo’lsa, eng katta qulash Lotin Amerikasiga (-45%) to’g’ri keldi.

Top 40 reytingidagi muhim siljishlar:

  • London 2019-yildan beri birinchi marta 3-o’ringa tushib qoldi (Nyu-York uni ortda qoldirdi).
  • Boston yana Top-5 likka qaytdi.
  • Parij unicorn’lar soni va erta bosqich bitimlari hisobiga 12-o’ringa ko’tarildi.
  • Filadelfiya so’nggi 5 yil ichida aqlbovar qilmas 35 pog’onaga (bu yilning o’zida 12 pog’ona) o’sib, 13-o’rinni egalladi.
  • Gonkong Emerging (Rivojlanayotgan) ro’yxatidan to’g’ridan-to’g’ri Top-40 ning 27-o’rniga sakradi. Bengaluru esa 14-o’ringa (+7) chiqdi.
  • Xitoy shaharlarining barchasi o’sdi: Pekin (5-o’rin), Shanxay (10-o’rin), Shenjen (17-o’rin), Xanchjou (23-o’rin) va Guanchjou (35-o’rin).

5. Strategik davlat siyosati: nima uchun ba’zilar tez o’smoqda?

Ekotizim shunchaki o’z-o’zidan rivojlanmaydi. Startup Genome ma’lumotlariga ko’ra, ilg’or siyosiy qarorlarni joriy etgan hududlarda EV o’sishi boshqalarga nisbatan 46% ga tezroq kechgan (har yili qo’shimcha $1.4 mlrd qiymat).

  • Seul startap tashabbuslari uchun 4 yil ichida $1,4 milliard yo’naltirdi va reytingda 12 pog’onaga o’sdi.
  • Isroil (Tel-Aviv) o’zidan 10 barobar katta shaharlar bilan raqobatlashib, reytingda 4-o’ringa chiqdi.
  • BAA (Abu-Dabi va Dubay) MENA mintaqasida yetakchilikni mustahkamlamoqda.

6. Startap sadbirlari

VivaTech, Web Summit, TNW kabi yirik tadbirlar shunchaki «networking» emas, balki real iqtisodiy o’sish katalizatoridir.

  • Lissabon tajribasi: Web Summit tadbirini o’ziga jalb qilish orqali Lissabon startaplarining xalqaro o’yinchilar bilan mazmunli aloqalari 3 barobarga oshdi. 2016-2020 yillar oralig’ida shahardagi erta bosqich moliyalashtirishi 2 barobardan ko’proqqa o’sdi.
  • Parij tajribasi (VivaTech): 3200 dan ortiq xalqaro investorlar qatnashadigan ushbu tadbir LVMH, AWS kabi korporatsiyalar va startaplar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzilishiga xizmat qiladi. Aksariyat startaplar yillik lidlarining (mijoz/hamkorlar) 25-60% qismini aynan mana shu 4 kunlik tadbir davomida topadilar.

Global startap industriyasida organik o’sish davri tugadi. Bugungi raqobat maydonida faqatgina Sun’iy Intellektga moslashgan, aniq davlat siyosatiga tayanuvchi va o’z bozorini xalqaro miqyosda integratsiya qila olgan ekotizimlargina omon qoladi.

Previous Post

ISFT O‘zbekistonda asoschilar avlodini qanday tarbiyalamoqda?

Next Post

Almati sun’iy intellekt va raqamlashtirish bo’yicha yirik «GITEX» tadbiriga mezbonlik qiladi

Pivot

Related Posts

O‘zbekistonda startaplarga 3 oyda $148,6 million investitsiya kiritildi

O‘zbekistonda startaplarga 3 oyda $148,6 million investitsiya kiritildi

Aprel 15, 2026
O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

Aprel 13, 2026
O‘zbekiston startap-ekotizimi qiymati 10 yilda 4000 barobar o‘sdi — Abdulla Aripov

O‘zbekiston startap-ekotizimi qiymati 10 yilda 4000 barobar o‘sdi — Abdulla Aripov

Mart 28, 2026
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2026-yilning I choragi uchun O‘zbekiston YaIM o‘sishi bo‘yicha prognozini e’lon qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2026-yilning I choragi uchun O‘zbekiston YaIM o‘sishi bo‘yicha prognozini e’lon qildi

Mart 16, 2026
Next Post
Almati sun’iy intellekt va raqamlashtirish bo’yicha yirik «GITEX» tadbiriga mezbonlik qiladi

Almati sun'iy intellekt va raqamlashtirish bo'yicha yirik "GITEX" tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston startap ekotizimini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

O‘zbekistonda startaplarga 3 oyda $148,6 million investitsiya kiritildi

O‘zbekistonda startaplarga 3 oyda $148,6 million investitsiya kiritildi

Aprel 15, 2026
HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi

HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi

Aprel 15, 2026
O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda

O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda

Aprel 14, 2026
O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

Aprel 13, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • O‘zbekistonda startaplarga 3 oyda $148,6 million investitsiya kiritildi
  • HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi
  • O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?