Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Nega ayollar orasida startaperlar kam? Xalqaro kompaniya menejeri Ra’no Siddiqova bilan suhbat

by Gulnoza Sobirova
Yanvar 25, 2025
in Ayol tadbirkorlar, Intervyu, Venchur kapitali
Reading Time: 4 mins read
A A
Nega ayollar orasida startaperlar kam? Xalqaro kompaniya menejeri Ra’no Siddiqova bilan suhbat
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Pivot.uz had the opportunity to interview Ra’no Sidikova, Partnership Manager at the international company Plug and Play, to discuss startups, the participation of women in the industry, and her personal experiences.

– Ra’no Sidikova kim?


– Plug and Play
xalqaro kompaniyasining hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha menejeriman. Asosiy vazifam startaplarni yirik kompaniya va korporatsiyalar bilan bog‘lash.

– Yirik kompaniyalarga startaplar nima uchun kerak?

Yirik korporatsiyalar innovatsiyalarni ishlab chiqishda qiyinchiliklarga duch keladi. Jarayonlar murakkabligi sababli yangi g‘oyalarni amalga oshirish juda sekin kechadi. Startaplar o‘zlarining yangi g‘oyalari va innovatsion yechimlari bilan keladi. Biroq ko‘plab korporatsiyalar ularning tilini tushunmaydi, startaplar ham korporativ dunyoni to‘liq anglamaydi. Biz esa shu jarayonda vositachilik qilib, ikkala tomon o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yamiz.

– Startap bozorida ayollarning o‘rni qanday?

– Bu biz uchun eng dolzarb masalalardan biri. Ushbu muammo nafaqat O‘zbekistonda, balki rivojlangan mamlakatlarda ham uchraydi. 2017-yilda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, erkak va ayol bir xil g‘oyani taqdim etganda turlicha baholangan – investorlar erkaklarga ko‘proq sarmoya ajratgan. Bunga sabab sifatida texnik sohada ayollarning kamligi keltirilishi mumkin.

– Nega ayollar orasida startaperlar kam?

– Birinchidan, texnologiya sohasidagi universitetlarni kuzatsak u yerda o‘qiyotgan ayollar soni juda kam. Odatda ayollar boshqa yo‘nalishlarni tanlaydi. Natijada, texnologiya sohasida ayol startaperlarning kamligi kuzatiladi.

Ikkinchidan, mentalitet muhim rol o‘ynaydi. Jamiyatimizdagi urf-odatlar, qarashlar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, qizimni IT kurslariga berganimda, atrofdagilar nega uni “o‘g‘il bolalar sohasi”ga o‘qityapsiz, deya hayron bo‘lishgan.

– Qayerda tahsil olgansiz?

– Maktabda yaxshi o‘qiganman va keyinchalik yaxshiroq maktabga o‘tish uchun imtihon topshirganman. Imtihondan o‘tgach, oldimda ikkita tanlov bor edi: 5-sinfda o‘zbek yoki 6-sinfda rus sinfida davom ettirish.Ota-onam tanlovni o‘zim qabul qilishimni istadi va men 5-sinfni kuchli maktabda qayta o‘qishga qaror qildim. Har doim yangi narsalarni sinab ko‘rishga harakat qilaman, natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar tajriba orttirish men uchun muhim.

9-sinfni tugatgach yana maktabni o‘zgartirdim. U yerda muhit juda yaxshi – hamma o‘ziga ishonardi. Do‘stlar va atrof-muhit inson hayotida katta rol o‘ynaydi.

– Ish va oilani qanday muvozanatda tutasiz, umuman ayollar uchun oilaviy qo‘llab-quvvatlash qanchalik muhim?

– Juda muhim. Biz hayotda tashqi tasdiqlarga ehtiyoj sezamiz, yaqinlarimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanish juda katta ahamiyatga ega. Oilam meni har doim o‘qish va ishlashga rag‘batlantirib kelgan.

Lekin bir haqiqat bor: “Har bir muvaffaqiyatli erkakning ortida ayol turadi”. Ammo ayollarning muvaffaqiyatining ortida ko‘pincha achchiq tajribalar yotadi. Qizim 3 yoshligida ajrashganman, moliyaviy mustaqil bo‘lishim kerak edi. Bunday vaziyatda inson bir o‘zi harakat qilishga majbur bo‘ladi.

– Qiyin holatlarga tushgan qizlarga qanday maslahat bera olasiz?

– Mening kuchim – bilimim va ta’limim bo‘ldi. Eng katta motivatsiyam esa qizim edi. Unga yaxshi kelajak yaratish uchun harakat qildim. Bolalar bizning gaplarimizga emas, harakatlarimizga qarab o‘rnak oladi. Shuning uchun harakatlarim bilan unga yaxshi namuna bo‘lishga intildim.


– Demak, ta’lim qizlarga har qanday sharoitda o‘zini boshqarish imkonini beradi.


– Ha, albatta. Menga yoshligimdan ta’limni birinchi o‘ringa qo‘yish kerakligi uqtirilgan. Oilam har qanday sharoitda bilim hayotda omon qolish imkonini berishini tushuntirgan.

– Ishingiz tufayli Amerikaga borganingiz, autizm bo‘yicha tajribangiz bilan bo‘lisha olasizmi?

– Bu yil 5 haftaga AQShga bordim. Juda ajoyib loyihalar amalga oshirildi. Ular quyidagilar:

  • CultureMentor – Amerika madaniyatini o‘rganish.
  • Professional Development – Ish faoliyati bo‘yicha rivojlanish.
  • ImpactCoach – 21 davlatdan kelgan qizlar o‘z mamlakatidagi muammolarni o‘rganib, ularga yechim topishga harakat qildi.

Biz O‘zbekistondan 5 nafar qiz bordik, uzoq muhokamalardan so‘ng autizm muammosini tanladik. AQShda har 36 bola ichidan 1 tasida autizm aniqlangan, lekin O‘rta Osiyo bo‘yicha bunday statistika yo‘q. Mavzuni o‘rganib, muammoni hal qilishga harakat qildik.

– Sizni kuzatib turgan qizlarga qanday maslahatlar bera olasiz?

– Birinchidan, o‘z ustida ishlash lozim. Ishga hujjat topshirayotganda talab darajasini ortiqcha filtr qilmaslik kerak. Masalan, biz e’lon qilgan vakansiyalarga qizlar kamdan-kam murojaat qiladi, ko‘pchiligi o‘ziga ishonmaydi, tajribalarim yetarli emas deb o‘ylaydi. Biroq aynan shu lavozimga erkaklar 8-9 oylik tajribasi bilangina ham murojaat qiladi. O‘z ustida ishlash va qo‘rqmasdan harakat qilish kerak.

Previous Post

Eric Ries’ning «The Lean Startup» kitobi – Startaplarni muvaffaqiyatga olib boruvchi tizimli yondashuv

Next Post

Maqola yozing va “Mutolaa Premium”ni BEPUL qo‘lga kiriting

Gulnoza Sobirova

Related Posts

O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

Fevral 4, 2026
O‘zbekistonlik dasturchi qizning global arenadagi yutuqlari 

O‘zbekistonlik dasturchi qizning global arenadagi yutuqlari 

Yanvar 11, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
Alisher Hasanov — 1000 dan ortiq startap asoschilari mentori va biznes maslahatchisi

Alisher Hasanov — 1000 dan ortiq startap asoschilari mentori va biznes maslahatchisi

Oktabr 30, 2025
Next Post

Maqola yozing va “Mutolaa Premium”ni BEPUL qo‘lga kiriting

Adidas’ comeback story: Overcoming a $400 million setback in just four years

Adidas: Atigi 4 yilda $400 millionlik inqirozni yengib o‘tgan brend hikoyasi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish

Fevral 6, 2026
2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi

Fevral 5, 2026
O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?

Fevral 4, 2026
Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Xitoyda tibbiy xizmatlar smartfonga ko‘chmoqda

Fevral 4, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Xitoyning global investitsiya xaritasidagi keskin burilish
  • 2025-yilda C-Space Angels Club investorlari startaplarga jami $311,500 investitsiya kirtishdi
  • O‘zbekiston o‘z milliardlarini qayerga «ko‘myapti»?
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?