Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

Nega ba’zi startapchilar maslahatga muhtoj emas

by Gulnoza Sobirova
Iyun 12, 2025
in Venchur kapitali
Reading Time: 3 mins read
A A
Nega ba’zi startapchilar maslahatga muhtoj emas
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Startap dunyosida venchur kapitalistlar ko‘pincha oddiy sarmoyador emas, balki mentor, maslahatchi, kadr tanlovchisi, ba’zan esa norasmiy hammuassis sifatida qaraladi. Silikon vodiysida “qiymat qo‘shuvchi” Vclar – ya’ni kompaniya qurish jarayonida asoschilarga faol yo‘l ko‘rsatuvchi investorlar – alohida e’tibor bilan baholanadi. Ammo PayPal hammuassisi va Facebook’ning ilk tashqi investorlaridan biri sifatida tanilgan libertarian milliarder Peter Thiel bu qarashlarga tanqidiy yondashadi.

Thiel’ning fikricha, buyuk kompaniyalar jamoaviy rahbarlik asosida emas, balki g‘oylarga ega bo‘lgan va ularga sodiq qolgan shaxslar tomonidan yaratiladi. Bu yondashuv bugun “Monarx modeli” nomi bilan tanilgan.

Ushbu modelga ko‘ra, ayrim asoschilar faqat to‘liq nazorat o‘z qo‘llarida bo‘lgandagina samarali ishlay oladi. Thiel o‘zini mentor yoki muammo hal qiluvchi sifatida ko‘rmaydi. U asoschining xarakterini o‘zgartirmoqchi emas, ularning g‘ayratini yumshatmoqchi emas, va tajribali boshqaruvchilarni ularning ustiga qo‘ymoqchi ham emas. U chekkada qolgan, yagona qarashga ega bo‘lgan “begona”larni moliyalashtirishni va keyin orqaga chekinishni afzal ko‘radi. Monarx esa — shubha ostiga olinmaydi, faqat qo‘llab-quvvatlanadi.

Bu aralashuvsiz yondashuv eng mashhur tarzda 2004-yilda amalda qo‘llanildi — o‘shanda Thiel Garvardni tashlab ketgan yosh Mark Zuckerbergga $500,000 sarmoya kiritgan edi. O‘shanda Zuckerberg atigi 20 yoshda, ijaradagi uydan startap yuritayotgan edi. Thiel uni tajribali bosh direktor bilan almashtirishni taklif qilmadi. Buning o‘rniga kengashda o‘rin oldi va Zuckerberg’ga yetakchilik qilishga ruxsat berdi. Boshqa kengash a’zolari Zuckerberg’ni uchrashuvlarga shippakda kelgani uchun tanqid qilganida, Thiel uni himoya qildi. U yaxshi bilardi: Zuckerberg puxta tajribaga ega bo‘lmasa-da, aniq mahsulot yaratishi va sindirilmas ishonchi bilan bu kamchiliklarni qoplay olishi mumkin edi.

Thiel’ning Zuckerberg’ni qo‘llab-quvvatlashi tasodifiy hol emas edi. Uning investitsiya tarixida an’anaviy boshqaruvga toqat qilmaydigan, o‘z yo‘lida qat’iy turadigan asoschilarga sarmoya kiritish holatlari ko‘p. Ilon Mask — PayPalning yana bir sobiq xodimi — aynan shu modelni aks ettiradi. Mask o‘zining talabchanligi va oldindan aytib bo‘lmaydigan harakatlari bilan mashhur, ammo shunga qaramay, Thiel’ning Founders Fund fondi uni qo‘llab-quvvatladi. Sababi, Maskning kosmos va transportni o‘zgartirishga bo‘lgan ambitsiyasi bu xavflarni oqlaydi deb hisoblashdi.

Monarx modeli ko‘plab venchur firmalarining uslubidan tubdan farq qiladi. Masalan, Kleiner Perkins yoki Andreessen Horowitz firmalari asoschilarga murabbiylik qiladi, strategiyani faol nazorat qiladi va boshqaruvchilarni joylashtiradi. Thiel esa bunday aralashuvlar eng iste’dodli asoschilarning muvaffaqiyatga olib chiqadigan “keskin qirralarni” yo‘qotadi, deb hisoblashadi.

G‘ayrioddiy, essentrik asoschilarga tayanish ba’zida halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ba’zi asoschilar o‘zini yetarlicha baholay olmaydi yoki investor mablag‘larini xayolot orqasidan quvib sarflab yuboradi. Masalan, Theranos kompaniyasining muvaffaqiyatsizligi — buni ogohlantiruvchi misol sifatida eslash mumkin. U yerda asoschi Elizabet Xolms kompaniyani qattiq nazoratda ushlab, investorlar va regulyatorlarni yolg‘on ma’lumotlar bilan chalg‘itgandi. Bu — asoschini haddan tashqari ulug‘lash qanday xavflarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Ammo venchur kapital dunyosida foyda power law bo‘yicha taqsimlanadi — ya’ni eng katta daromadlar kam sonli o‘ta muvaffaqiyatli loyihalardan keladi. Shuning uchun “qiyin” asoschini qo‘llab-quvvatlashdagi xavf ko‘pincha navbatdagi Zuckerberg yoki Musk’ni qo‘llab-quvvatlash imkoniyati evaziga to‘lanadigan adolatli narx sifatida qaraladi. Bu olamda bir avlodda bir marta paydo bo‘ladigan iste’dodni qo‘ldan boy berish, noaniqliklarga chidashdan ham ancha qimmatga tushishi mumkin.

Thiel’ning “Monarx modeli” har bir asoschini o‘z holiga tashlab qo‘yish kerak, demaydi. Aksincha, u shuni ilgari suradiki, eng noyob va ta’sirchan asoschilar aynan to‘liq erkinlik mavjud bo‘lgan muhitda eng yaxshi natijaga erishadi. Venchur kapital olamida esa bunday noodatiy shaxslarni tanish va ularga sharoit yaratib berish — investorlar uchun eng muhim ko‘nikmalardan biridir.

Xulosa shuki, Monarx modeli – bu shaxsiy ambitsiyalar emas, u natija haqida. Startap olamidagi shavqatsiz raqobatda ba’zida asoschiga yordam berishning eng yaxshi yo‘Ii – unga to‘liq ishonch bildirishdir: hech qanday aralashuvsiz, shubhasiz va noodatiylikdan qo‘rqmasdan.

Tayyorladi: Navro‘zaxon Bo‘riyeva

Previous Post

O‘zbekiston turizmidagi yangi bosqich: 2025-yilgi ta’til mavsumida daromad, xatti-harakat va raqamli omillar qanday rol o’ynayapti?

Next Post

Reklama bilan raqobat qilish – qonun doirasidami? 

Gulnoza Sobirova

Related Posts

Markaziy Osiyoga investitsiya kiritayotgan 11 venchur fond

Markaziy Osiyoga investitsiya kiritayotgan 11 venchur fond

Oktabr 27, 2025
Osnova UC Ventures’dan $100 000 miqdorida investitsiya jalb qildi

Osnova UC Ventures’dan $100 000 miqdorida investitsiya jalb qildi

Oktabr 21, 2025
UzVC TezzGO‘ga $100 ming dollar investitisya kiritdi

UzVC TezzGO‘ga $100 ming dollar investitisya kiritdi

Oktabr 11, 2025
O‘zbekistonning ilk xususiy venchur fondlari startaplarga investitsiya kirita boshladi

O‘zbekistonning ilk xususiy venchur fondlari startaplarga investitsiya kirita boshladi

Oktabr 9, 2025
Next Post
Reklama bilan raqobat qilish – qonun doirasidami? 

Reklama bilan raqobat qilish – qonun doirasidami? 

Kvant ilhomidagi texnologiya AI xarajatlarini 80% gacha kamaytiradi

Kvant ilhomidagi texnologiya AI xarajatlarini 80% gacha kamaytiradi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi

Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi

Yanvar 16, 2026
Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi

Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi

Yanvar 14, 2026
OpenAI tibbiy ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi Torch startapini $100 million dollarga sotib oldi

OpenAI tibbiy ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi Torch startapini $100 million dollarga sotib oldi

Yanvar 13, 2026
Markaziy Osiyo investitsiya xaritasida O‘zbekiston yangi markazga aylanmoqda

Markaziy Osiyo investitsiya xaritasida O‘zbekiston yangi markazga aylanmoqda

Yanvar 12, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi
  • Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi
  • OpenAI tibbiy ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi Torch startapini $100 million dollarga sotib oldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?