Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev bilan suhbat

by Gulnoza Sobirova
Iyul 14, 2025
in Intervyu
Reading Time: 6 mins read
A A
O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev bilan suhbat
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Siz hozirda Stanford Executive dasturida tahsil olayapsiz. Shu tajribangiz davomida sizni eng hayratga solgan g‘oya yoki model qaysi bo‘ldi?

Stanford executiveda eng hayratlantirgan narsa sizni atrofingizda bir milliard dollarlik unicorn, 8-9 milliard dollarlik kompaniyaning rahbari yoki biror katta korporatsiyaning founderi yoki  CEOsi o’qiydi. Misol uchun biz bilan tahsil olayotganlar orasida 20 dan ortiq milliard dollarlik kompaniyalar sarmoya kiritgan venchur capitalistlar ham bor. Airnbnbning ochilishidagi cofounderlaridan biri yoki Aramconing o’rinbosarlari birdek tahsil olyapti. Stanford executive 40 kunlik intensiv dastur: 5.40 dan boshlanib kechki 21-20 gacha  davom etadi. To’g’risi men yengilroq deb o’ylagan edim mana dasturning  yarmi o’tdi, juda ko’pchilik boshida qiynaldi.Tan olish kerak judayam intensiv programma ekan. 

Bu dasturning ikkinchi qiziq jihati biz universitetlarda kitoblarini o’qib o’rgangan domlalar dars beradi. Misol uchun men eng yaxshi ko’rib o’rganayotgan professorlarimdan biri Venture mindset kitobining yozuvchisi  Ilya Strebulayevning darslaridir.

Nega aynan Stanfordni tanladingiz?

Chunki Stanford — bu dunyo innovatorlari bir joyda to‘qnashadigan “melting pot”. Har bir kafe, har bir tadbir — yangi imkoniyat va yangi odamlar bilan tanishuv.

Bu yerda sizga  hech qachon nimanidir  “yodla” deyishmaydi. Aksincha, shunday so‘rashadi: “Bu bilim hayotingizni o‘zgartiradimi? Boshqacha qarashingiz bormi?”

Bu yer — shunchaki o‘qish emas, bu yangicha fikrlash va o‘z yo‘lingni topish imkoniyatidir.

Siz o‘qiyotgan kurslarda aynan qanday bilimlar berilmoqda? 

Yuqorida aytib o’tganimdek Stanford executive dasturi  juda intensiv va moliyadan tortib marketing va HR sohasigacha qamrab olgan. AI sohasi bo’ladimi marketing yoki venchur kapital sohasimi, iqtisod sohalari, kompaniya rahbarlari, executive menejerlari har bir sohani chuqur  tushunishi va tahlil qila olishi kerak degan yo’nalish berilgan. Stanforddagi o‘qish boshlanganiga ikki hafta bo‘ldi. Eng katta xulosam: bilim olishda yosh chegarasi yo‘q. Kursdoshlarimning ko‘pchiligi 50+ yoshli rahbarlar. Ular doimiy o‘sish va yangilikka ochiqlik — bugungi kunning eng muhim qoidasi ekanini yaxshi tushunib doim ta’kidlagan narsa:

“Sun’iy intellekt zamonida o‘rganishni to‘xtatsak, ortda qolamiz.”

Sizga katta ta’sir qilgan shu sohaga oid 3 ta kitob qaysi ?

Hozirgi kunda o‘qigan va men uchun juda qiziqarli bo‘lgan uchta kitobni aytib o‘taman:

  1. Farovonlik paradoksi (The Prosperity Paradox) — Clayton Christensen asari. Bu kitob menga juda yoqdi. Qiziqarli yozilgan va jamiyatni qanday qilib innovatsiya orqali rivojlantirish mumkinligini tushuntiradi.
  2. Innovator’s Dilemma — Yana Clayton Christensen qalamiga mansub. Bu kitob ham menga juda yoqdi. Yirik kompaniyalar qanday qilib o‘z innovatsion yo‘nalishini yo‘qotib qo‘yishi va buning oldini olish bo‘yicha qiziqarli misollar bilan to‘la.
  3. Venture Mindset — Ilya Strebulayevning asari. Bu kitob venchur kapital tafakkurini chuqur tushuntiradi. Faqat moliya emas, balki investorning fikrlash tarzini o‘rgatadi.

Bu kitoblar nafaqat nazariya, balki amaliy hayotga ham to‘liq mos keladi. Ayniqsa startap ekotizimiga kirishni istayotgan O‘zbekiston yoshlari uchun juda foydali bo‘lishiga ishonaman.

Yaqinda kanalingizda professorlar  ro’yxat berib undan  muhim qadriyatlardan 4 tasini tanlab olishni aytganini yozgandingiz, sizni o’zingiz uchun muhim qadriyatlar nima?

Birinchisi — yetakchilik (Leadership). Men uchun yetakchilik lavozim yoki buyruq berish emas. Bu — og‘ir paytda orqaga chekinmaslik, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish. Chin yetakchi kerak bo’lsa o’z halovatidan voz kechib, qolganlarning farovonligi uchun o’z hayotini bag’ishlaydi. Bu qadriyatni hayotimda his qilganman. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlari va xalqqa xizmat yo‘lida qabul qilgan jasoratli qarorlaridan katta ilhom olganman. Prezident jamoasida ishlash imkoniga ega bo‘lganim, yetakchilikni kitoblardan emas, amalda ko‘rishimga sabab bo‘ldi. Aynan shu tajriba meni dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — Stanfordda bilim va tajribamni chuqurlashtirishga undadi.

Ikkinchi qadriyat — jasorat (Boldness). Ko‘pchilik “qanday bo‘larkin deb kuzatadi”. Lekin birinchi qadamni kimdir qo‘yishi kerak. Men uchun jasorat — bu “men boshlayman” deyish. Bu shunchaki tavakkal qilish emas, og’ir sinovga ham chin qalbdan tayyorlanib javobgarlikni zimmasiga olishdir. Hayotimdagi eng katta o‘zgarishlar aynan shunday qadamlar bilan boshlangan. Jasorat bo‘lmasa, hech narsa o‘zgarmaydi.

Uchinchisi — sevgi (Love). Bu faqat iliq hislar emas, bu yurak bilan yashash va har bir harakatga mehr qo‘shishdir. Men chin yurakdan ish qilmasam, ichimda halovat bo‘lmaydi. Sevgi — odamlarni tinglash, tushunishga harakat qilish, ularga borlig‘ing bilan mavjud bo‘lish. Ayniqsa, bu qadriyat men uchun oila orqali yanada chuqur ma’no kasb etgan. Oila — bu sadoqat, sabr va mehr maktabi. Men oilamdan sevishni o‘rgandim. Faqat gap bilan emas, vaqt, e’tibor va harakat bilan.

To‘rtinchisi — donishmandlik (Wisdom). Bu ko‘p kitob o‘qish emas. Bu hayotni his qilish. To‘xtab, chuqur nafas olib, oqibatni oldindan ko‘ra bilish. Men uchun donishmandlik — bu shoshilmaslik, odamlarni hukm qilmaslik, sabr bilan tinglash, keyin mulohaza qilish. Bu qadriyat menga barqarorlik beradi, ichimni tinch qiladi. Yillar davomida eng to‘g‘ri qarorlarim aynan shu holatda tug‘ilgan.

Mana shu to‘rt qadriyat — yetakchilik, jasorat, sevgi va donishmandlik — mening harakatlarimga yo‘l ko‘rsatadi. 

Stanfordda o‘rganayotgan tajribalaringizni O‘zbekiston sharoitida qanday “lokallashtirish” mumkin deb hisoblaysiz?

Albatta Stanfordda o’rgangan bilimimni yoshlar agentligi atrofidan yangidan yangi loyihalar, tashabbuslar loyiha rahbarlarini yig’ish uchun ko’p tajribalar qilish mumkin. Hozir bizda Ibrat, Mutoala,Ustoz AI, Uzchess, Qizlar akademiyasi va yana yuzlab loyihalar bor.Shu kabi loyihalardan misol qilib yana kengaytirish mumkin.Stanfordda aynan shu project management yo’nalishida ham ko’p narsalar o’rgandim. Boshqaruv talantalarni aniqlash ularga yo’nalish berish sohasida juda qiziq caselar bor.

Viloyatlardagi iqtidorli, ammo infratuzilmadan yiroq yoshlar qanday qilib startap ekotizimiga kirishi mumkin?

Juda qiziq savol.Ekotizimga chekka qishloqdagi bolalarni ulash uchun avvalo hamma uchun tushunarli har soniyada yoshlar ulanishi mumkin bo’lgan platforma judayam zarur. Hozir qishloqdagi yoshlar ham bemalol startap nimaligini tushunsin deb birgalikda loyihalar ustida ish olib boryapmiz. Kirib ko’rib o’rganib basic ya’ni boshlang’ich darajani anglasa ham katta narsa.Yana bir usuli biz maktablarda, yoshlar orasida maktab,litsey, universitetlarda xakatonlar, ideaton, startap pitch daylarni ko’paytirishimiz kerak. Ideaton ham zo’r ideya va ushbu loyihalar President Tech Award kabi loyihalarga bog’lansa juda zo’r natija beradi.

Kelajakda O‘zbekiston yoshlari uchun “Stanford tajribasi”ni ichkarida yaratish mumkinmi?

Albatta Stanford tajribasini bizda yaratish mumkin lekin shu bilan birga Stanfordda juda ko’p yoshlarimiz o’qishi kerak. Xudo xohlasa ko’rasiz katta loyihalar rejalayapmiz, Stanford universitetida o’zbekistonlik yoshlar ko’payadi. Yaqin yillar ichida juda ko’p imkoniyat loyihalar Kremniy vodiysini yoshlarimiz uchun ochib beradi. Stanfordga kelib bilim olishimning asosiy sababi ham Prezidentimiz bilan bo’lgan muloqotda ularga alohida axborot berganimda Stanfordda yoshlarni ko’proq o’qishi bo’yicha ham qo’llab quvvatlaganlar. Shuningdek El Yurt Umidi fondi  bilan ham bu yo’nalishda hamkorlikni boshlayapmiz. O’ylaymanki, Stanfordda yaqin yillar ichida O’zbekistonlik yoshlar soni ko’payadi.

Tayyorladi: Laylo Xondamirovna

Previous Post

Microsoft Windows 11’dagi «Sozlamalar» ilovasini sun’iy intellekt yordamida yanada qulaylashtirmoqda

Next Post

OneText: Yangi avlod xarid qilish tajribasi uchun $4,5 million dollar investitsiya oldi

Gulnoza Sobirova

Related Posts

O‘zbekistonlik dasturchi qizning global arenadagi yutuqlari 

O‘zbekistonlik dasturchi qizning global arenadagi yutuqlari 

Yanvar 11, 2026
Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Andijonlik asoschi bilan ochiq suhbat: Higgsfield AI ortidagi Alex Mashrabov

Noyabr 16, 2025
Alisher Hasanov — 1000 dan ortiq startap asoschilari mentori va biznes maslahatchisi

Alisher Hasanov — 1000 dan ortiq startap asoschilari mentori va biznes maslahatchisi

Oktabr 30, 2025
Qanday qilib ish taklifini olish mumkin: muvaffaqiyatli suhbat uchun 6 ta xizmat

Qanday qilib ish taklifini olish mumkin: muvaffaqiyatli suhbat uchun 6 ta xizmat

Mart 14, 2025
Next Post
OneText: Yangi avlod xarid qilish tajribasi uchun $4,5 million dollar investitsiya oldi

OneText: Yangi avlod xarid qilish tajribasi uchun $4,5 million dollar investitsiya oldi

OpenAI ichida bir yil: tezkor o‘sish, startap madaniyati va xavfsizlikka e’tibor

OpenAI ichida bir yil: tezkor o‘sish, startap madaniyati va xavfsizlikka e’tibor

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi

Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi

Yanvar 16, 2026
Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi

Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi

Yanvar 14, 2026
OpenAI tibbiy ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi Torch startapini $100 million dollarga sotib oldi

OpenAI tibbiy ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi Torch startapini $100 million dollarga sotib oldi

Yanvar 13, 2026
Markaziy Osiyo investitsiya xaritasida O‘zbekiston yangi markazga aylanmoqda

Markaziy Osiyo investitsiya xaritasida O‘zbekiston yangi markazga aylanmoqda

Yanvar 12, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • Trillion dollarlik video iqtisodiyoti sari: Higgsfield sun’iy intellekt olamida yangi davrni boshlash uchun 130 million dollar investitsiya jalb qildi
  • Hupo startapi A seriyali raundda $10 million dollar investitsiya jalb qildi
  • OpenAI tibbiy ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi Torch startapini $100 million dollarga sotib oldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?