Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi

by Pivot
Mart 4, 2026
in O'zbek Startaplar
Reading Time: 3 mins read
A A
YorYor: to‘y madaniyatini raqamlashtirayotgan o‘zbek startapi
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

To‘yga bir necha oy qolgan. Ammo hali na joy masalasi hal, na kiyimlar tanlangan, qanday taklifnoma qilish esa katta so‘roq ostida. Telegram guruhlardagi tartibsiz xabarlar, tanish-bilishlarning bir-biriga zid tavsiyalari nafaqat kelin-kuyovni, balki butun oilani charchatib qo‘yadi.

Shu yerda haqli savol tug‘iladi: Nega XXI asrda to‘y qilish shunchalik murakkablashib ketdi?

Aynan shu savol va shaxsiy izlanishlar natijasida YorYor startapi dunyoga keldi. Loyihaning bosh maqsadi — to‘y jarayonini to‘liq raqamlashtirish, uni shaffof, tartibli va eng muhimi, stressdan xoli qilishdir. Loyiha ortida esa Janubiy Koreyada tahsil olgan va xalqaro tajribaga ega tadbirkor — Mokhinur Inomova turibdi.

Bugungi kunda to‘yga tayyorgarlik shunchaki quvonchli tadbir emas, balki ulkan resurs talab qiladigan loyihaga aylangan. The Knot platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, juftliklar to‘y rejalashtirish uchun o‘rtacha 12–18 oy vaqt sarflaydi. Bu davrda haftasiga kamida 6 soat faqat tashkiliy masalalar bilan band bo‘lishadi.

O‘zbekistonda vaziyat yanada jiddiyroq. «Yuksalish» harakati o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, mamlakatimizda har to‘rtta to‘ydan bittasi katta qarz evaziga o‘tkazilmoqda. O‘rtacha oylik daromad $500 atrofida bo‘lgan bir paytda, to‘y uchun $10,000–$15,000 sarflash jamiyatning jiddiy moddiy og‘rig‘iga aylangan. Masalan, 2018-yilning o‘zida O‘zbekistondagi to‘ylarga jami $3 milliard dollar sarflangan.

Mohinur Inomova Janubiy Koreyada o‘qish va ishlash davomida texnologiyalar hayotni qanchalik osonlashtirishini ko‘rdi. Ammo o‘z to‘yi arafasida u ham ko‘pchilik kabi «eskicha» tizimning qurboniga aylandi: narxlarning noaniqligi, sifatli xizmat ko‘rsatuvchilarni qidirish va cheksiz stress. Shunda u bir qarorga keldi: To‘y stress manbai emas, balki hayotdagi eng baxtli lahza bo‘lishi kerak.

YorYor qanday yechim beradi?

YorYor — bu to‘y rejalashtirishning barcha bosqichlarini bitta ilovaga jamlagan ekotizimdir. Platforma orqali:

  • Vendorlar bazasi: To‘yxona, xonanda, fotograf va boshqa xizmatlarni osongina topish;
  • Shaffof narxlar: Yashirin xarajatlarsiz barcha xizmatlar narxini oldindan ko‘rish;
  • Raqamli taklifnomalar: Zamonaviy onlayn taklifnomalar tayyorlash;
  • To‘yona tizimi: Shaxsiy to‘y saytini yaratish va to‘yonalarni onlayn qabul qilish;
  • Iqtisod: Loyiha hisob-kitoblariga ko‘ra, YorYor foydalanuvchiga $3,000 dan ortiq mablag‘ni tejash imkonini beradi.

Loyiha o‘zining dolzarbligi bilan yirik investorlar e’tiborini tortdi. AloqaVentures tomonidan dastlabki $20,000 investitsiya kiritildi va 2025-yilda startap $500,000 ga baholandi. Yaqinda o‘tkazilgan «Taqdimot» loyihasida esa IT Park Ventures va AloqaVenturesdan jami $100,000 miqdorida investitsiya taklifini oldi. Shuningdek, «Google for Startups» dasturi tomonidan loyihaning texnologik salohiyati uchun $100,000 ajratilgani uning xalqaro darajadagi istiqbolidan dalolat beradi.

Bugungi kunda Mokhinur Inomovaga co-founderlar Diyorbek Muxammedov va Samandar Tursunaliyev hamrohlik qilmoqda. Jamoa 2027-yilga borib Markaziy Osiyo bozoriga chiqishni va nafaqat to‘y, balki barcha muhim tadbirlarni raqamlashtirishni maqsad qilgan.

YorYor shunchaki biznes emas, balki o‘zbek to‘y madaniyatini yangi, ongli va zamonaviy bosqichga olib chiquvchi ijtimoiy harakatdir.

Previous Post

O‘zbekiston venchur bozori tahlili 2025

Next Post

Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida ishlamoqchimisiz? Meta CTO’si nomzodlarda qidiradigan top xislatlar

Pivot

Related Posts

Onlayn savdoning yangi manzili qayerda?

Onlayn savdoning yangi manzili qayerda?

Fevral 3, 2026
MOST Ventures O‘zbekistondagi Bito’ga investitsiya qiladi — startap $10 mln baholandi, Startup Garage esa ulushining bir qismini sotdi!

MOST Ventures O‘zbekistondagi Bito’ga investitsiya qiladi — startap $10 mln baholandi, Startup Garage esa ulushining bir qismini sotdi!

Dekabr 25, 2025
Qanday qilib o‘zbek yigit Silikon vodiysida humanoid robotlar kelajagini barpo etib, millionlab investitsiya jalb qilmoqda

Qanday qilib o‘zbek yigit Silikon vodiysida humanoid robotlar kelajagini barpo etib, millionlab investitsiya jalb qilmoqda

Dekabr 3, 2025
Uzum VR Capital’dan 300 mlrd so‘m investitsiya jalb qildi: Fintex kengayishi tezlashadi

Uzum VR Capital’dan 300 mlrd so‘m investitsiya jalb qildi: Fintex kengayishi tezlashadi

Noyabr 26, 2025
Next Post
Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida ishlamoqchimisiz? Meta CTO’si nomzodlarda qidiradigan top xislatlar

Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida ishlamoqchimisiz? Meta CTO’si nomzodlarda qidiradigan top xislatlar

Uzum Omon suveren jamg’armasidan $130 million dollar investitsiya jalb qildi

Uzum Omon suveren jamg'armasidan $130 million dollar investitsiya jalb qildi

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

O‘zbekistonda startaplarga 3 oyda $148,6 million investitsiya kiritildi

O‘zbekistonda startaplarga 3 oyda $148,6 million investitsiya kiritildi

Aprel 15, 2026
HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi

HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi

Aprel 15, 2026
O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda

O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda

Aprel 14, 2026
O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

O’zbekistonda startaplarga 3 oyda $146 million investitsiya kiritildi

Aprel 13, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • O‘zbekistonda startaplarga 3 oyda $148,6 million investitsiya kiritildi
  • HUMO va Kaspi.kz birlashadi: so’mda to’lov Qozog’istonda ham ishlaydi
  • O’zbekiston va Qozog’iston VClari hajmi $2 mln bo’lgan qo’shma fond tuzmoqda
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?