Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
  • Login
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
Pivot
  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English
No Result
View All Result
Pivot

$93 milliard dollarlik startap qurgan aka-uka Kollisonlar

by Pivot
Yanvar 27, 2026
in Asoschilar hikoyalari
Reading Time: 3 mins read
A A
$93 milliard dollarlik startap qurgan aka-uka Kollisonlar
Share on FacebookShare on TwitterShare on Telegram

Irlandiyaning Dromineer degan kichkina qishlog‘i bor. Bu yerda texnoparklar ham, startap akseleratorlari ham yo‘q. Hatto bir paytlar internet ham sekin ishlagan. Ammo aynan shu sokin joyda ulg‘aygan ikki aka-uka Jon va Patrik Kollison  keyinchalik internetda pul qabul qilish tizimini butunlay o‘zgartirdi.

Ularning oilasi kichik mehmonxonani boshqarardi. Shuning uchun aka-uka bolaligidan biznesning eng oddiy, lekin eng muhim tomonlarini ko‘rib ulg‘aydi. Bu jarayonlar ular uchun abstrakt tushuncha emas, kundalik hayotning bir qismi edi.

Patrik juda erta dasturlashga qiziqa boshladi. Sakkiz yoshida universitet darajasidagi kompyuter kurslariga qatnadi, o‘n olti yoshida esa o‘zi yaratgan dastur bilan Irlandiyada yosh olimlar tanlovida g‘olib bo‘ldi. Jon ham akademik jihatdan ajralib turar, maktabni rekord natijalar bilan tugatgandi.  

Hali o‘smirlik davridayoq ular birinchi startaplarini ishga tushirdi. eBaydagi yirik sotuvchilar uchun mo‘ljallangan bu xizmat bir necha yil ichida muvaffaqiyatli ishladi va kompaniya taxminan 5 million dollarga sotildi. Bu kelishuv aka-uka uchun boylikdanda muhimroq mahsulot yaratish, mijoz ehtiyojini tushunish va real muammoni texnologiya orqali hal qilish tajribasini berdi.

Shu tajribadan keyin ular bitta oddiy, ammo hammani qiynaydigan savolga duch kelishdi: nega internetda pul oʻtkazish bunchalik murakkab?

Sayt ochish, mahsulot sotish mumkin,  ammo to‘lov qabul qilish  banklar, hujjatlar, uzoq kutish va murakkab texnik integratsiyalar degani edi. Ko‘plab startaplar aynan shu bosqichda to‘xtab qolardi.

2010-yilda Jon va Patrik aynan shu muammoni hal qilishga kirishdi. Ularning maqsadi aniq edi: agar dasturchi bir necha qator kod yozsa, u darhol to‘lov qabul qila olishi kerak. Shu fikrdan keyin Stripe tug‘ildi. Kompaniya Kaliforniyada ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Stripe boshqalardan keskin farq qildi. U banklar uchun emas, avvalo dasturchilar uchun yaratilgan edi. API’lari tushunarli, hujjatlari aniq, integratsiyasi tez bo‘ldi. Shu sababli dastlab kichik startaplar, keyin esa yirik kompaniyalar Stripeni tanlay boshladi.

Aka-uka ommaviy reklama va shovqindan qochdi. Ular mahsulot sifatiga e’tibor qaratdi. Hatto dastlabki mijozlarni jalb qilishda ham noodatiy yo‘l tanlandi. Patrik va Jon ayrim startaplarga shaxsan borib, Stripeni ularning laptopiga o‘rnatib berardi. Bu yondashuv keyinchalik “Kollison installation” nomi bilan tarqaldi.

Investorlar ham uzoq kuttirmadi. Stripe dastlabki yillarda Silikon vodiysining yirik fondlari va taniqli tadbirkorlaridan sarmoya oldi. Kompaniya esa shoshmasdan, izchil o‘sdi. 2021-yilda Stripening bahosi 95 milliard dollarga yetdi. Keyingi yillarda texnologiya bozoridagi umumiy vaziyat sabab baholash o‘zgarib turgan bo‘lsa-da, 2024–2025-yillarga kelib Stripe taxminan 90 milliard dollardan ortiq qiymatga ega eng yirik xususiy startaplardan biri bo‘lib qoldi. Bugun kompaniya trillionlab dollarlik to‘lovlarni qayta ishlaydi va minglab bizneslar uchun moliyaviy infratuzilma vazifasini bajaradi.

Jon va Patrik Kollison esa hanuz ommaviylikdan yiroq. Ular kam intervyu beradi, lekin Stripening ta’siri deyarli har bir onlayn to‘lovda seziladi. Ularning hikoyasi shuni ko‘rsatadiki, katta texnologik inqilob uchun hashamatli sharoit shart emas, ba’zan kichik qishloq, sekin internet va to‘g‘ri qo‘yilgan savolning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Stripe esa shu savolga berilgan eng katta va eng barqaror javoblardan biriga aylandi.

Tayyorladi: Gulzoda Abduhalilova

Previous Post

100 ta rad javobidan keyin Canva qanday qilib dizayn imperiyasiga aylandi?

Next Post

Fevral oyida Apple nihoyat Gemini texnologiyasi asosida ishlaydigan yangilangan Sirini taqdim etadi

Pivot

Related Posts

Ayollar va innovatsiya: 2025-yildagi top 10 ta startap hikoyalari 

Ayollar va innovatsiya: 2025-yildagi top 10 ta startap hikoyalari 

Yanvar 28, 2026
100 ta rad javobidan keyin Canva qanday qilib dizayn imperiyasiga aylandi?

100 ta rad javobidan keyin Canva qanday qilib dizayn imperiyasiga aylandi?

Yanvar 26, 2026
Next Post
Fevral oyida Apple nihoyat Gemini texnologiyasi asosida ishlaydigan yangilangan Sirini taqdim etadi

Fevral oyida Apple nihoyat Gemini texnologiyasi asosida ishlaydigan yangilangan Sirini taqdim etadi

Ayollar va innovatsiya: 2025-yildagi top 10 ta startap hikoyalari 

Ayollar va innovatsiya: 2025-yildagi top 10 ta startap hikoyalari 

Please login to join discussion
  • Trending
  • Comments
  • Latest

Maktabni tashlab, $6,2 million yig‘gan yigit: Nozomio hikoyasi

Oktabr 2, 2025
Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Juniorlar inqirozi: IT o‘quv markazlari ishsizlar armiyasini tayyorlayaptimi?

Yanvar 6, 2026
San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

San-Fransiskodan xalqaro bozorga: Airbnbning muvaffaqiyatli startap yo‘li

Yanvar 4, 2025
Alipos startup received a $200,000 investment offer on the “Taqdimot” TV show

AliPos startapi Taqdimot ko’rsatuvida investorlardan $200,000 lik taklif oldi

Noyabr 25, 2025
Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun taniqli o‘zbek grantlari

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

«Har bir rad javobi mening zaif tomonlarimni aniqlashga yordam berdi» — Uzum kompaniyasining timlidi Sardor Xo’jayev IT’dagi faoliyati haqida

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

Quvaytlik investorlar Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

2025 yilda NATOning 1 milliard evrolik innovatsion jamg’armasi qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lgan VK turlari NATOning 24 ittifoqdoshi tomonidan qo’llab-quvvatlangan jamg’arma hozirgacha oltita VC fondiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.

McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi

McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi

Iyun 8, 2026
Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda

Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda

Iyun 7, 2026
IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi

Iyun 7, 2026
IT Park Uzbekistan Londonda «Digital Uzbekistan» tadbirini o‘tkazadi

IT Park Uzbekistan Londonda «Digital Uzbekistan» tadbirini o‘tkazadi

Iyun 5, 2026

Pivot

We are the Intelligence Platform for Founders & Investors in Emerging Markets — combining news, data, and community to unlock opportunities across GCC, Central Asia, and frontier ecosystems.

Follow us

Categories

  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar

Pages

  • Bozor ma’lumotlari va hisobotlari
  • Podkastlar
  • Voqealar
  • Uzbek
    • English

Recent Post

  • McDonald’s makavto xizmatini sun’iy intellektga topshirmoqda mijozlar esa norozi
  • Rossiya bilan e-commerce 3,5 baravarga o’sdi — O’zbekiston endi umumiy Raqamli ekotizim qurishni taklif qilmoqda
  • IFC Markaziy Osiyodagi xususiy kapital yetishmovchiligini qoplash uchun Highland Capital’ning $75 millionlik yangi fondiga asosiy investor bo‘ldi
  • Privacy policy

© 2025 Pivot

Welcome Back!

Sign In with Google
Sign In with Linked In
OR

Login to your account below

Forgotten Password?

Retrieve your password

Please enter your username or email address to reset your password.

Log In
No Result
View All Result
  • Yangiliklar
  • Moliyalashtirish va bitimlar
  • Startaplar
  • Venchur kapitali
  • AI
  • Asoschilar hikoyalari
  • O’zbek Startaplar
  • Login
  • Cart
  • uz Uzbek
  • en English

© 2025 Pivot

Are you sure want to unlock this post?
Unlock left : 0
Are you sure want to cancel subscription?