Alipos uchun muhim burilish nuqtalaridan biri — AloqaBank, AloqaVentures va Startup Garage kompaniyalari hamkorligida o‘tkazilayotgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining 1-mavsumida ishtirok etish bo‘ldi. Ushbu loyiha startaplarni investorlar bilan yuzma-yuz uchrashtiruvchi ko‘rsatuvdir.
Taqdimot davomida Alipos jamoasi mahsulotning qiymat taklifi, bozor salohiyati va xalqaro kengayish strategiyasini taqdim etdi. Startapning o‘sish ko‘rsatkichlari va biznes modeli investorlar tomonidan ijobiy baholandi va natijada:
- milliarder Jahongir Ortiqxo‘jayev,
- AloqaVentures venchur fondi,
- Umidjon Ishmuhamedov
birgalikda $200,000 miqdorida investitsiya taklifini bildirdi.
Bu — hozirgacha Aliposga berilgan eng yirik investitsiya taklifi bo‘lib, kompaniyaning bozor salohiyati va jamoaning professional yondashuvi yuqori baholanganini ko‘rsatadi. Taklif bo‘yicha DD (due diligence) jarayonlari hozirda davom etmoqda. 1-raundda esa Alipos AloqaVentures’dan $80,000 AQSh dollari investitsiya olgan edi.
AliPos — HoReCa bozorining yangi standarti
Alipos — bu POS ko‘rinishidagi SaaS (Software as a Service) mahsulot bo‘lib, restoran, kafe va umumiy ovqatlanish tarmoqlari uchun “hammasi bir joyda” yechimini taklif etadi. Har bir bo‘lim uchun alohida dastur o‘rniga yagona, integratsiyalashgan platforma ishlatiladi. O‘zbekistondagi HoReCa ekotizimida AliPos qisqa vaqt ichida kuchli o‘sishga erishdi.
Bugungi kunda mazkur platforma:
- 1291 ta restoran tomonidan faol foydalanilmoqda
- Har oy 107 ta yangi restoran Aliposga ulanmoqda
- Butun respublika bo‘ylab 29 ta hamkor bilan ishlaydi
- 23 nafar xodimdan iborat jamoaga ega
- 10+ modul
- 20+ integratsiya (SaaS servislari, delivery agregatorlari va boshqalar)
Bu ko‘rsatkichlar Alipos’ning nafaqat texnik yechim sifatida, balki mamlakat bozorida o‘z segmentida yetakchiga aylanayotgan platforma ekanini ko‘rsatadi.
Asosiy funksiyalari:
- Hisob va kassa nazorati
- Ombor boshqaruvi
- Mijozlar va foydalanuvchilar statistikasi, LTV
- Moliyaviy tahlil va hisobotlar
- Oflayn rejimda ishlash imkoniyati
- 24/7 texnik yordam
- O‘rnatish va xodimlarni o‘qitishda moslashuvchanlik
Ko‘pchilik restoran egalari duch keladigan muammo: daromad katta, lekin sof foyda past. Buning sababi — nazoratning yetarli emasligi, jarayonlarning qo‘lda yuritilishi va xatoliklar. Alipos aynan shu nuqtani nishonga oladi: jarayonlarni avtomatlashtirish, ma’lumotlarni markazlashtirish va tahlil qilish orqali foydani oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekistondagi HoReCa bozorining yetakchilari bizga ishonishadi: 1291 dan ortiq restoranlar, kafe va tarmoqlar Aliposni o‘z biznesini boshqarish uchun tanladi. Yangi ochilgan qulay qahvaxonalardan tortib yirik restoran tarmoqlarigacha — biz har bir mijozga o‘sishda, xarajatlarni optimallashtirishda va foydani oshirishda yordam beramiz.
A9R akseleratsiyasidan olingan natijalar

Alipos jamoasi Alisher Hasanov A9R akseleratsiya 1-batchida ishtirok etib, biznesga ichki tomondan o‘zgarishlar kiritdi va natijada akseleratsiya yakunida startap quyidagi natijalarga erishdi:
- Oylik xarajatlar 30% ga kamaydi
- Har oy sotuvlar o‘rtacha 24% ga oshishi yo‘lga qo‘yildi
- Boshqaruvdagi bir nechta strukturaviy muammolarga yechim topildi
- Founderlarda “startapni shunchaki ishlatish”dan o‘sishni boshqarishga o‘tuvchi mindset shakllandi
- Har bir qaror endi hisob-kitob va raqamlar bilan o‘lchanadigan data-driven modelga o‘tkazildi
Natijada, Alipos nafaqat texnik jihatdan, balki biznes modeli bo‘yicha ham investorlarga tayyor startapga aylandi.

















